×

Germaniyada doktorantura uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

15.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1480 marta

Drezden Leibniz Maktabi doktorantura darajasi uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Dastur  Drezden Texnologiya Universiteteda 2016-yildan boshlanib, 3 yil davom etadi. Unda olib boriladigan tadqiqot shaharlar va mintaqalarning inklyuziv va rivojlanishini davomli qilish mavzusiga qaratiladi. Qatnashchilar yoshi, jinsi, nogironlik holati, dini va millatiga qarab ajratilmaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistiraturani tugatganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Oylik stipendiya (stipendiya narxini Drezden Tadqiqot Jamg’armasi belgilaydi);
  • Ta’lim xarajatlari;
  • Nemis tilini o’rganish uchun kurslarga ketadigan xarajatlar;
  • Loyihaga bog’liq safarlar va tadqiqot xarajatlari;
  • Ishtirokchi davlatidan Germaniyaga kelish va ketish uchun yo’l xarajatlari.

Oilasi bor ishtirokchilar uchun alohida qo’shimcha moliyaviy yordam BERILMAYDI.

Talablar:

Kim uchun:

  • Shahar va mintaqalarni rejalashtirish (shaharsozlik), iqtisodiyot, sotsiologiya, geografiya va atrof-muhitni o’rganish yo’nalishlarida magistratura darajasiga ega hamda diplom bahosi yaxshi yoki Germaniya baholash tizimidagi 2 bahosiga teng bo’lgan nomzodlar;
  • Xalqaro arizachilarga alohida e’tibor beriladi. Barcha arizachilar ingliz tilini puxta bilishi (buni tasdiqlovchi test natijalariga ega bo’lishi) va jamoada ishlay olishi lozim. Dastur ishtirokchilari Drezden shahrida yashashi lozim bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

  • SHU YERDA ro’yxatdan o’tish kerak;
  • So’ng SHU YERDA onlayn ariza shaklini to’ldirasiz  Arizada doktorantura uchun tadqiqot rejasini (Research Proposal) taqdim etishingiz kerak. Magistratura diplomining rasmiy baholar varaqasi va boshqa kerakli hujjatlar ariza shakliga ilova qilinishi lozim. Agar magistrlik diplomi ariza to’ldirilgunga qadar qo’lingizda bo’lmasa, norasmiy baholar varaqasini topshirishingiz lozim. Ingliz tlini bilishingizni tasdiqlovchi test (IELTS yoki TOEFL) natijalarini ham taqdim qilishingiz kerak;
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadingiz, tadqiqot qilish bo’yicha hamda karyera rejalaringiz hamda muqaddam olgan ta’limingiz haqida insho (Statement of Purpose) yozishingiz kerak;
  • Sizga tavsiyanoma yozib beruvchi 2 ta shaxsning nomi va aloqa ma’lumotlarini kiritishingiz kerak. Tavsiyanoma beruvchilarning kamida bittasi universitet o’qituvchisi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!