Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan DW Akademiyasi Xalqaro Media Fanlari dasturiga arizalarni qabul qiladi. To’rt semestrni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga magistratura darajasi beriladi. Dastur ilmiy tadqiqot, ma’ruzalar hamda sohaning amaliy jihatlarini qamrab olib, media va rivojlanish, jurnalistika, kommunikatsiya va mediyani boshqarish yo’nalishlarini taklif etadi. Dastur, ayniqsa, televideniye, radio, bosma va internet jurnalistikasi va mediasiga aloqador sohalarga qiziqqan yoshlar bilan ishlashni xohlaydi. Dastur ikki tilli bo’lib, ham ingliz, ham nemis tillarida olib boriladi. Nomzodlardan ikkala tilni ham yaxshi bilish talab etiladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Har yili dasturga qabul qilingan 10 ga yaqin talabaga to’liq miqdorda grant beriladi. To’liq grant quyidagilarni qoplaydi:
- Oyiga 750 yevro stipendiya;
- O’qish xarajatlari;
- Kelib ketish uchun safar xarajatlari.
Qisman beriladigan grant esa faqat o’qish xarajatlarini qoplaydi. Yashash, turar-joy va safar uchun xarajatlarni talaba o’z bo’yniga olishi lozim. Bundan tashqari, talabalar barcha o’qish va yashash xarajatlarini o’zlari qoplagan holda ham o’qishlari mumkin.
Talablar:
Kim uchun:
- SHU YERDA berilgan ro’yxatdagi davlatlardan bo’lgan (O’zbekiston ham ro’yxatda bor);
- Kamida bakalavr darajasiga ega bo’lgan;
- Bakalavr darajasini tugatgandan so’ng, kamida bir yil mediaga aloqador sohada professional tajribaga ega bo’lgan;
- Nemis va ingliz tillarining ikkalasini ham yaxshi biladigan (Nemis tilini bilishni tasdiqlovchi testlar ro’yxati va talab qilinadigan baholar SHU YERDA, ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi testlar ro’yxati va talab qilinadigan baholar SHU YERDA)
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza to’ldirish tartibi:
Dastur 2016/17-yilgi qishki semestr uchun arizalarni qabul qilmoqda. Ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2016-yil 31-mart. Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlarni kiritish so’raladi:
- Dasturda qatnashishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
- Rezyume;
- Bakalavr diploma va uning baholar kitobchasi (ingliz tiliga rasmiy tarjimasi bilan);
- Universitetni tamomlagach orttirilgan kamida bir yillik professional ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan yoki rahbarning nomidan ma’lumotnoma bo’lishi mumkin);
- Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasi;
- Nemis tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasi;
- Pasport nusxasi.
To’liq grantga ariza yozishni istagan nomzodlar yuqoridagi hujjatlarga qo’shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni ham topshirishi lozim:
- O’qigan universitetidan rasmiy tavsiyanoma (universitet blankasi, imzo, muhr va sana yozilgan holda);
- Ish joyidan rasmiy tavsiyanoma (tashkilot blankasi yoki muhri, imzo va sana yozilgan holda);
- To’ldirilgan DAAD ariza shakli SHU YERDA;
- Maktab shahodatnomasining nusxasi.
Arizachilar ingliz va nemis tillarining ikkalasini ham yaxshi bilishi talab etiladi.