×

“El-yurt umidi” Jamg`armasi: Germaniyada qishloq xo`jaligi va turizm sohalari uchun 6 oylik stajirovka; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

20.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5752 marta

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Germaniyaning “LOGO” nodavlat notijorat tashkiloti bilan birgalikda Germaniyaning qishloq xo‘jaligi korxonalari va sayyohlik firmalarida stajirovka o‘tashlari uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari magistratura talabalarini saralash tanlovini e’lon qiladi. Stajirovka dasturi maqsadi – Germaniya qishloq xo‘jaligi va turizmi kompaniyalarida amaliy tajriba va ilg‘or bilimlarni egallagan holda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari magistratura talabalarining professional ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqiyotgan kamida 22 yoshli talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o`tib, stajirovkada ishtirok etish inkoniyatiga ega bo`lgan nomzodlarning:

  1. “El-yurt umidi” jamg‘armasi stajirovka o‘tash uchun tanlangan nomzodlarning yo‘l xarajat (aviato‘lovlar, aeroportdan stajirovka o‘tash joyigacha bo‘lgan xarajat)larini to`lab beradi.
  2. Qolgan yashash, ovqatlanish kabi barcha xarajatlar, shu jumladan, har oylik stipendiyalar Germaniya kompaniyalari tomonidan to`liq qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lishi kerak.
  • Nomzod kamida 22 yoshda bo`lishi lozim.
  • Nomzod O`zbekiston Respublikasi oliygohlarida qishloq xo`jaligi yoki turizm bo`yicha magistratura bosqichini oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod soha bo`yicha bakalavr diplomiga ega bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki nemis tilini yaxshi bilish kerak. Ya’ni, shu ikki tildan birida yoki har ikkalasida erkin so`zlasha olishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish to`rt bosqichda o`tkaziladi. Hujjat topshirishdan avval yo`riqnoma bilan tanishib chiqing.

1-bosqich: «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti rasmiy saytida joriy yilning 25 aprelidan boshlab 20 mayga qadar onlayn hujjatlar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (1-bosqich uchun):

  • Ingliz yoki nemis tilida qo‘lda yozilgan avtobiografiya («LOGO» nodavlat-notijorat tashkilotining veb-saytida keltirilgan tavsiyaga qarang, ushbu dasturning siz uchun ahamiyatini ochib bering).
  • Pasport uchun surat (3 x 4 sm).
  • Reyting daftarchasi birinchi sahifasining nusxasi.
  • Oxirgi 2 semestr baholari, reyting daftarchasi sahifalari nusxasi bilan.
  • Xorijga chiqish uchun pasport nusxasi rasmli tomoni bilan.
  • Haydovchilik guvohnomasi nusxasi (mavjud bo‘lsa).
  • Sog‘lig‘ini mustaqil ravishda tasdiqlovchi forma («LOGO» veb-saytida ko‘rsatilgan shaklda to‘ldiriladi).

2-bosqich: Joriy yilning 25 may sanasidan 30 maygacha har bir nomzod “El-yurt umidi” jamg‘armasi va «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti vakilaridan iborat Tanlov komissiyasi tomonidan test sinovi va suhbatdan o‘tkaziladi.

Onlayn arizalar va ularga biriktirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilgach, Jamg‘arma «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti bilan birgalikda nomzodlarga elektron pochta orqali keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani, navbatdagi bosqich o‘tkazilishi vaqti va sanasini birma-bir ma’lum qiladi.

Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan nomzodlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi va «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti bilan birgalikda Toshkent shahrida tashkil qilinadigan yozma va og‘zaki sinovlarga taklif qilinadi.

Suhbatlar ingliz yoki nemis tilida (onlayn ariza topshirgan tiliga qarab) “El-yurt umidi” jamg‘armasi va «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti vakillaridan iborat Tanlov komissiyasi tomonidan olib boriladi.

Suhbatda nomzodlar:

  • Nemis yoki ingliz tilini bilish darajasi.
  • Germaniya va O‘zbekiston haqida bilimga ega bo‘lishi.
  • Umumiy ta’limning yaxshi natijasini ko‘rsatishi.
  • Qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida umumiy tushunchaga ega ekanligi.
  • Reyting daftarchalari, qo‘shimcha sertifikat va mukofotlari bo‘lsa, ularni taqdim etgan holda.
  • Yozma sinovlarning muvaffaqiyatli natijalari.
  • Stajirovka o‘tashga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon qilishi lozim bo‘ladi.

Suhbat natijalari asosida “El-yurt umidi” jamg‘armasi va «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti Germaniyaning nufuzli kompaniyalarida stajirovka o‘tashga tavsiya etilayotgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi.

3-bosqich: 2019 yilning iyun oyi nihoyasida barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar hujjatlari Germaniya kompaniyalariga taqdim qilinadi.

Suhbat va test natijalari imtihonlardan so‘ng 14 kun ichida nomzodlarga ma’lum qilinadi. «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti 2019 yilning iyun oyi nihoyasida barcha imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar hujjatlarini Germaniya kompaniyalariga ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi.

4 bosqich: Tanlovning yakuniy natijalari bo‘yicha nomzodlar Germaniya kompaniyalariga joylashtiriladi.

Dastlabki uch bosqichning natijalariga ko‘ra yakuniy qaror, Germaniya tashkilot yoki kompaniyalari tomonidan stajirovka shartlari va talablari asosida chiqariladi. «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti nomzodlarga Germaniyadagi kompaniya va tashkilotlar to‘g‘risida, shuningdek stajirovka mobaynida stajerga qo‘yiladigan vazifalar bo‘yicha ma’lumotlarni yuboradi. Nomzodlar 3 kun ichida stajirovka o‘tash uchun korxona tanlash uchun qaror qabul qilishlari kerak bo‘ladi. Tanlangan kompaniyalar nomzodlar uchun stajirovka rejasini tayyorlaydi va ushbu rejalar o‘quv kurslari dasturi bilan bog‘liq bo‘lish kerak. «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti Germaniya mehnat administratsiyasi (Arbeitsagentur)ga stajirovkaga ruxsat olish maqsadida murojaat qiladi. Bu jarayon 4 haftagacha vaqt talab qilishi mumkin. «LOGO» nodavlat-notijorat tashkiloti 2019 yil 31 iyulga qadar rasmiy taklifnomalarni taqdim qiladi.

Maʻlumot uchun telefon: +998 71 203-00-43

“LOGO” tashkiloti rasmiy sayti: https://logoev.de/fachpraktika-de/bewerbungen.html

“El-yurt umidi” Jamg`armasi rasmiy sayti: http://eyuf.uz/uz/wnews.php?view=419.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!