×

Germaniyada tadqiqot uchun grant: 1630 yevrogacha stipendiya, bepul turar joy va safar xarajatlari uchun 600 yevro mablag’!


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1323 marta

Berlin deputatlar palatasi jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar  Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan bo’lgan yosh va iqtidorli tadqiqotchilarga Germaniyada, Berlin universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadqiqot olib borish uchun ajratilgan. Dasturda barcha yo’nalishlar bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar, magistratura yoki doktorantura talabalari hamda postdoktorlik tadqiqoti olib borish niyatidagi olimlar ishtirok etishlari mumkin. Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Oliy ma'lumotli tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Tadqiqot dasturi uchun saralab olingan talabalar va doktorantlar uchun oyiga 1 100 yevro, postdoktorlar uchun 1 630 yevro stipendiya beriladi.
  • Undan tashqari, hozirda oylik ijara to’lovi 330 yevroga teng bo’lgan  International Study Center Berlin’da yashash xarajatlari ham qoplanadi.
  • Ishtirokchilarga safar xarajatlari uchun 600 yevro mablag’ ajratiladi. Grant miqdorlari o’zgarishi mumkin.
  • Grantlar uzog’i bilan 1 yil tadqiqot olib borish uchun ajratiladi va bu muddat uzaytirilmaydi.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun 2020-yil 15-dekabrga qadar hujjat topshiring. Ariza bu yerda to’ldiriladi. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 2021-yil 1-oktyabr va 31-iyul oralig’ida tadqiqot olib borishadi.

Kerakli hujjatlar bu yerda ko’rsatilgan. Ma’lumot uchun studienstiftung@parlament-berlin.de elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!