×

Germaniyada xarajatlari qoplanadigan 10 kunlik lager; joy – 30 ta!


Grant

MUHLAT

10.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5319 marta

Youthopia e.V. Germaniyaning Berlin shahrida oʻtkaziladigan va barcha xarajatlari qoplanadigan Youthopia 2019 dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu yozgi lager 2019-yil 21-31 iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Yozgi lagerda butun dunyodan 30 nafar ishtirokchi va Berlindan 30 nafar nomzod qatnashadi. Lagerni tashkil etishdan maqsad – demokratiya, barqarorlik va tenglik boʻyicha 10 ta eng yaxshi loyiha va gʻoyalarni muhokama qilish va amalga oshirishni rejalashtirish. Dastur 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan faol va lider, tashkilotchi yoshlar uchun moʻljallangan.

Youthopia e.V. lageri 2018-yilda berlinlik Sheneberge oilasi tomonidan tashkil etilgan. Yozgi lagerning asosiy maqsadi – butun dunyodan kelgan ishtirokchilar bilan ijtimoiy va siyosiy tenglik yoʻlidagi islohotlarni amalga oshirishda yoshlarni birlashtirish boʻyicha fikrlar bilan tanishtirish.

Dastur davomida ishtirokchilar berlinlik nemis oilalarida yashaydilar. Qatnashchilar bu davrda nemis madaniyati bilan yaqindan tanishish va nemis tilini yanada yaxshiroq oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Grant kimlar uchun?

18-28 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi lagerda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Germaniyada 2019-yil 21-31-iyulgacha turrar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplab beriladi. Dastur bir necha nomzodga viza rasmiylashtirish boʻyicha yordam berishi mumkin.

Talablar:

Yozgi lager uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladilar.
  2. Nomzod 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki lagerda olib boriladigan barcha muhokamalar va maʼruzalar, fikr almashish ingliz tilida olib boriladi. Nemis tilini bilish saralash jarayoniga ijobiy taʼsir qiladi.
  4. Har qanday soha vakili ariza bera oladi. Dasturda talaba, ishchi, mutaxassis, volonter kabi barcha sohada ishlaydigan va oʻqiydigan nomzodlar qatnasha oladi.
  5. Barcha jins vakillari ishtirok etishlari mumkin. Genderga oid cheklov yoʻq.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 10-aprel tungi 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Ariza onlayn-ilova orqali toʻldiriladi. Unda quyidagi maʼlumotlar beriladi:

  • shaxsiy maʼlumotlar;
  • nomzodning gʻoyasi 250 ta soʻzda yoritiladi;
  • 250 ta soʻz motivatsiya yoziladi;
  • nomzodning demokratiya, ijtimoiy va siyosiy tenglik haqidagi fikri 150 ta soʻz hajmda yoritib beriladi;
  • nomzodning faolligi haqida 250 ta soʻz maʼlumot beriladi;
  • nomzodning vizaga muhtojligi bor-yoʻqligi belgilanadi.

Ariza soʻngida “Done” yozuvini bosib, arizani joʻnatish kerak.

Nomzodlar demokratiya va tenglik boʻyicha bilimlari, qiziqishi, yozgan motivatsiyasi, gʻoyasi va faolligi, olib borgan tadqiqotlari, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar dedelayn muddati oʻtgandan keyil tez muddat ichida elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Bogʻlanish uchun: youthopia.eu@outlook.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!