×

Germaniyada ijodkorlar uchun 3 oylik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

28.08.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2088 marta

Gamburg Madaniyat va ommaviy axborot vositalari vazirligi Gamburgdagi Westwerk rassomlar markazida butun dunyo bo’ylab  tasviriy san’at, fotografiya, kino, multimedia sohasidagi ijodkorlar uchun 3 oylik rezidentlik dasturini tashkil etmoqda. 

Ushbu dastur turar joy va ish grant dasturi bo’lib, ijodkorlar uchun Vestverkda (Gamburgning ichki qismida) yashagan holda badiiy loyiha ustida ishlash va Gamburg madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, qatnashchilar turli leksiya, seminar, ko’rgazma  va madaniy tadbirlarda qatnashish, mahalliy ijodkorlar bilan aloqalarni yo’lga qo’yishlari mumkin. Dastur ingliz va/yoki nemis tillarida olib boriladi.

Dasturning joriy mavsumida jami 8 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Tasviriy san'at, fotografiya, kino, multimedia sohasidagi ijodkorlar, shuningdek, tasviriy san'at, fotografiya, kino, multimedia bilan birlashtirilgan musiqa sohasi ijodkorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy bilan ta’minlanadi. Bunda  68 m² turar joy kvartirasi (1 katta xona, alohida jihozlangan yashash/ish maydoni, oshxona va umumiy hammom) Wi-Fi jihozlari bilan bepul ijaraga beriladi.
  • Har bir ijodkor oyiga 900 yevro qo’shimcha xarajatlar stipendiya bilan ta’minlanadi.. 
  • Yakuniy taqdimotni o’tkazish va tashkil etish xarajatlari uchun har bir ishtirokchiga 500 yevro miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.

Eslatma: ishtirokchilar tibbiy sug’urta va viza (agar zarur bo’lsa) xarajatlarini o’zlari hal qilishlari kerak. Qolaversa, o’z turar joylari uchun shaxsan javobgar boʻladi, jumladan, turar joy jihozlariga ehtiyotkor boʻlish, tozzalikka rioya qilish lozim. Binoda chekish, boshqa oila a’zolari yoki uy hayvonlari bilan yashash mumkin emas. Ovqat tayyorlash ham ishtirokchilarning o’z zimmasida.

Talablar:

Dasturlar talablari quyidagicha:

  • Dasturda Germaniyadan tashqarida istiqomat qiluvchi barcha  tasviriy san’at, fotografiya, kino, multimedia sohasidagi ijodkorlar, shuningdek, tasviriy san’at, fotografiya, kino, multimedia bilan birlashtirilgan musiqa sohasi ijodkorlari ishtirok etishi mumkin.
  • Dastur kuratorlar (muzey va san’at nazoratchilari) uchun mo’ljallanmagan. 
  • Dasturda ishtirok etish uchun ingliz va/yoki nemis tillarini yetarlicha bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 28-avgustga qadar BU YERDA onlayn ariza topshirishlari kerak. Arizalar ingliz yoki nemis tillarida qabul qilinadi.Ariza topshirishda so’raladigan hujjatlar: 

  • Cover letter. Bunda aloqa ma’lumotlari ko’rsatilgan bo’lishi va A4 formatida 1 sahifadan oshmasligi kerak. 
  • Personal statement – shaxsiy bayonot. Dastur davomida qilinadigan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilishi kerak. A4 formatidagi maksimal 2 sahifadan iborat bo’lishi lozim. 
  • CV jadval shaklda.
  • Shaxsiy javobgarlik sug’urtasi guvohnomasi (dasturga qabul qilingach talab etiladi).
  • Ijodiy ishlardan namuna, maks. 5 MB (fotosuratlar, kataloglar, OAV hisobotlari/sharhlari, veb-sayt va boshqalar).Havola taqdim etish mumkin emas.

Dastur 3 oy davom etadi. Ishtirokchilar quyidagi vaqtlardan o’ziga qulayini tanlashlari mumkin:

  • A) 2025-yil 1-yanvar – 31-mart
  • B) 2025-yil 1-aprel – 30-iyun
  • C) 2025-yil 1-iyul – 30-sentyabr
  • D) 2025-yil 1-oktyabr – 31-dekabr
  • E) 2026-yil 1-yanvar – 31-mart
  • F) 2026-yil 1-aprel – 30-iyun
  • G) 2026-yil 1-iyul – 30-sentyabr
  • H) 2026-yil 1-oktyabr – 31-dekabr

Nomzodlarning dastur uchun afzal ko’rgan vaqtlari aynan shu kunlarda davom etishi kafolatlanmaydi, ammo iloji boricha shu kunlarga moslashga harakat qilinadi.

Dasturdan so‘ng ishtirokchilar o’z tajribalari to‘g‘risida yozma hisobot taqdim etishi va uni dastur yakunlangach bir oydan kechiktirmay Madaniyat va ommaviy axborot vositalari vazirligiga taqdim etishi kerak.

Saralangan nomzodlar hakamlar tomonidan 2024-yil 17-oktyabrda e’lon qilinadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha murojaatlar anne.koehnke@bkm.hamburg.de  email manzili orqali qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!