×

Germaniyaning Yena universitetida tabiiy fanlar bo’yicha doktorantura


Grant

MUHLAT

07.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2232 marta

Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti tabiiy fanlar bo’yicha magistratura darajasiga ega bitiruvchilarni doktorantura darajasida ilmiy tadqiqot qilishga taklif etadi. Ushbu dastur doirasida jami 16 ta talaba o’qishga qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURA DARAJASIGA EGA BO'LGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yashash va o’qish bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Kim uchun:

Biologiya, kimyo, fizika, tibbiyot, bioinformatika va yer fanlari kabi sohalardan birida magistratura darajasini qo’lga kiritgan talabalar ushbu dasturda qatnashishi mumkin. O’ta iqtidorli va maqolalari ilmiy jurnallarda chop etilgan ayrim tadqiqotchilar dasturga faqat bakalavr darajasi bilan ham qabul qilinishi mumkin.

Doktorantura talabalari olib boradigan tadqiqot mavzulari bilan SHU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish tartibi:

1-bosqich:

Barcha nomzodlar arizalarni internet orqali SHU YERDA to’ldirib topshirishlari so’raladi. Arizaga qatnashchi haqida umumiy ma’lumotlardan tashqari ikkita tavsiyanoma, CV, bakalavr va magistratura diplomlari hamda diplom ilovalarining ingliz yoki nemis tiliga tarjima qilingan va notarius tasdiqlagan nusxalari yuklanishi kerak. Anketa to’ldirish uchun saytda ro’yxatdan o’tganingizda topshirilishi lozim bo’lgan barcha hujjat va ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot olasiz.

TOEFL yoki IELTS testi natijalarini topshirish talab qilinmagan, ammo ingliz tilini yaxshi bilishingizni suhbat davomida ko’rsatib bera olishingiz kerak.

2-bosqich:

Arizalari 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bilan telefon orqali suhbat o’tkaziladi.

3-bosqich:

Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar so’nggi suhbat va tanishuv uchun Germaniyaga taklif qilinadi. Ularning kelish-ketish va bu yerda turish xarajatlari universitet tomonidan qoplanadi. Shundan so’ng kimlar qabul qilingani haqida so’nggi ma’lumot beriladi.

Anketa topshirish muhlati: 2015-yil 7-sentabr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!