×

Germaniya: talabalar uchun bir haftalik bepul konferensiya; joy – 350dan ortiq!


Grant

MUHLAT

11.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

6945 marta

Germaniyaning Ilmenau shahrida 2019-yil 17-26-may kunlari bo’lib o’tadigan “International Student Week at Ilmenau (ISWI)” (Ilmenaudagi Xalqaro Talabalar Haftasi) konferensiyasiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu talabalar haftaligiga Ilmenau Texnika Universiteti mezbonlik qiladi va bu yil tadbirga 70dan ziyod davlatlardan 350 nafardan ortiq talabalar taklif qilinishi rejalashtirilgan. Ushbu talabalar haftaligi yoshlarga tanishish, muhim mavzularda o’zaro fikr almashish, foydali ma’ruza va mashg’ulotlarda qatnashish va ko’ngilochar tadbirlarda ishtirok etgan holda Germaniya mahalliy aholisi va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Talabalar haftaligi talabalar festivaliga o’xshash ko’tarinki ruhda o’tadigan tadbir bo’lib, uning bu yilgi bosh mavzusi “Tradition and Transition” (“An’analar va o’zgarish”).

Haftalik davomida 30 xil mavzuda ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi va qatnashchilar hujjat topshirayotganda o’zlari tanlagan mavzudagi seminarlarda ishtirok etishadi. Mashg’ulotlar davomida o’zlari tanlagan mavzu va tadbirning bosh mavzusi o’rtasidagi bogliqlikni o’rganishadi va tahlil qilishadi.

Haftalikning ilmiy qismidan tashqari, qatnashchilar Jahon Taomlari Festivali, Kino Kechasi, konsertlar, sport tadbirlari, tanishuv tadbirlari, talabalar klubi, shaharning o’rmonlari va boshqa qiziqarli huudlariga ekskursiya, “syurpriz tadbir” va boshqa ko’ngilochar mashg’ulotlarda ham ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Talabalar haftaligida ishtirok, oziq-ovqat va turar-joy tashkilotchilar tomonidan bepul tashkillashtirib beriladi, qatnashchi safar xarajatlari va shaxsiy xarajatlarni qoplasa bas. Festivaldagi barcha mashg’ulot va tadbirlar tekin, shaxsiy xarajatlar deganda esa esdalik sovg’alar sotib olish va festival tashkilotchilari tomonidan ta’minlanadigan oziq-ovqatdan tashqari yegulik va ichimliklarni sotib olish nazarda tutiladi.

Haftalik vaqtida qatnashchilar ko’ngilli mahalliy oilalarning uylariga joylashadilar va butun tadbir mobaynida shu oilalarning uyida yashaydilar. Odatda mezbonlar mehmon vaqtini ko’ngilli o’tkazishi uchun sharoit yaratib berishadi.

Talablar:

Konferensiyaga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzodning yoshi 18 yoki undan katta bo’lishi kerak.
  2. Nomzod biror oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba bo’lishi shart.
  3. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. Nozmod Germaniyaga bora olishi va festival vaqtida mashg’ulotlarga qatnasha olishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Talabalar haftaligida ishtirok etish uchun onlayn ariza berish kerak. Arizalar 2018-yilning 11-noyabrigacha qabul qilinadi. Ariza topshirish ikki qismdan iborat: avval tizimda ro’yxatdan o’tish, keyin esa ariza formasini to’liq va aniq qilib to’ldirib, topshirish kerak. Ariza berishda mavzular ichidan o’zingiz qatnashmoqchi bo’lgan seminar mavzularini tanlashingiz kerak. Mavzular ro’yxati bu yerda.

Undan tashqari, ariza topshirishda quyidagi 2 mavzuga 2 ta insho ham taqdim etishingiz kerak, insholarning hajmi 200-500 so’z bo’lishi zarur:

Birinchi insho uchun mavzu: “The topic of ISWI 2019 is “Tradition and Transition” and our motto is “Changes and Choices: Good by(e) Tradition?”. What does “Tradition and Transition” mean to you? What comes to your mind, when you read our motto? What is your motivation to join ISWI 2019?”

Ikkinchi insho uchun mavzu: “Above, you chose the working group that you would like to join during ISWI 2019. What was the reason for your 1st wish? What is your personal connection to that topic? Please explain your choice briefly”. Natijalar dekabr oxiri va yanvar boshlariga kelib e’lonqilinib, festivalga qabul qilingan qatnashchilarga rasmiy taklifnomalar jo’natiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!