×

Germaniya: Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

31.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4529 marta

Germaniyada joylashgan Max Planck Institute for Software Systems tomonidan tashkillashtirilagan qisqa tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o’qiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dastur davomida qatnashchilar turli mavzularda ilmiy tadqiqotlar olib borishadi. Tadqiqot jarayonida har bir tadqiqotchiga Institut tomonidan bittadan tadqiqot rahbari biriktiriladi va ular fakultetlarning boshqa a’zolari bilan jamoa sifatida tadqiqot qilishadi. Bu dastur doirasida olib boriladigan tadqiqotlar yil davomida turli mavsumlarda bo’ladi va tadqiqotlarning davomiyligi ham qatnashchi va fakultet kelishuviga ko’ra belgilanadi. Odatda yoz oylarida bo’lib o’tadigan uch oylik tadqiqot dasturlari ayniqsa ko’p o’tkaziladi. Tadqiqotlar davomiyligi 12-14 hafta (may-avgust oylari) bo’lishi nazarda tutilgan. Dastur uchun grant ham ajratilgan bo’lib, bu orqali tashkilotchilar qatnashchilarga moddiy jihatdan yordam berishni maqsad qilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura talablari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan qatnashchilarning ko’pchiligi quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Germaniyaga borish va kelish xarajatlari to’liq qoplanadi.
  • Amaliyot dasturi davomida turar joy bilan ta’minanadi.
  • Hayot kechirish xarajatlari uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Ushbu imtiyozlar nomzodning akademik ko’rsatkichlari asosida beriladi (akademik ko’rsatkichi yaxshi bo’lmagan nomzodlarga kamroq moddiy yordam berilishi mumkin).

Talablar:

Tadqiqot dasturiga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod oliy ta’lim muassasasida bakalavr, masgistratura yoki doktoranturada o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Axborot Texnologiyalariga oid mavzularga yoki Max Planck Institute for Information Technology tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarga chuqur qiziqish bildiradigan shaxs bo’lishi kerak.
  3. Nomzodlar Axborot Texnologiyalari yo’nalishida kuchli bilim yoki tajribagaega bo’lishlari kerak. Bakalavr bosqichidan tahsil olayotgan talabalar dasturga qabul qilinishlari uchun kamida 3-kursda o’qiyotgan bo’lishlari kerak.
  4. Nomzodlar a’lochi va tirishqoq bo’lishlari kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

May-avgust oylarida olib boriladigan tadqiqot dasturida ishtirok etish uchun 2018-yil 31-dekabrga qadar bu yerda onlayn ariza topshirish kerak.

Ariza topshirish jarayonida nomzoddan tavsiyanoma, CV va motivatsion xat so’ralishi mumkin.

Ma’lumot uchun sws-internships@mpi-sws.org elektron manzili yoki +49 631 9303-6050 raqamiga murojaat qilishingiz hamda savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!