×

Getty Foundation: Olim va tadqiqotchilar uchun AQSHda 9 oygacha rezidensiya dasturi; stipendiya 65 ming dollargacha


Grant

MUHLAT

02.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4831 marta

The Getty Foundation jamg’armasi dunyoning barcha mamlakatlaridan bo’lgan tadqiqotchilarni Getty Scholar Grants dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dasturga san’at va gumanitar fanlar (arts, humanities) bo’yicha tadqiqotlar olib boruvchi olim va tadqiqotchilar ariza berishlari mumkin. Grant 3, 6 yoki 9 oylik rezidensiya dasturidan iborat bo’lib, tadqiqotchilarga AQSHda joylashgan Getty Tadqiqot Instituti (Getty Research Institute) va Getty Villaʼda istiqomat qilib, o’zlari tadqiq etayotgan loyiha ustida ishlash, institutning kutubxona, kolleksiyalari, ma’lumotlar bazasi kabi barcha qulayliklaridan foydalanish imkoni beriladi.

Mazkur dasturda har yili muayyan mavzu eʼlon qilinadi va tadqiqotlar shu mavzuga asoslangan boʻlishi kerak.

Dasturning bu yilgi mavzusi: Extinction. Mavzu va uning tarkibiga nimalar kirishi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin (“Annual Theme: Extinction” boʻlimi).

Grant kimlar uchun?

Olimlar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur g’oliblariga quyidagi qulayliklar yaratib beriladi:

  • Turar joy beriladi.
  • Safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Tibbiy sug’urta qoplanadi.
  • Shuningdek:
    – 3 oylik dastur uchun – 21 500 AQSh dollar
    – 6 oylik dastur uchun – 43 000 AQSh dollar
    – 9 yolik dastur uchun – 65 000 AQSh dollar miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod dunyoning istalgan davlati fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. PhD darajasiga ega boʻlish lozim.
  3. Nomzod san’at va/yoki gumanitar fanlar bo’yicha chuqur bilimga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod favqulodda iqtidorli, umidli tadqiqotchi bo’lishi mumkin.
  5. PhD darajasini 2020-yil 1-sentyabrdan avval olgan boʻlish lozim. PhD darajasini 2020-yil 1-sentyabrdan keyin olgan nomzodlar Postdoctoral Fellowship dasturiga ariza berishlari kerak, ushbu dasturga emas.
  6. Nomzodlar tadiqotlarining Getty Research Institute kutubxonasi, kelleksiyalari va institut rivojiga qo’shadigan hissasiga ko’ra saralanadilar.
  7. Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 2-oktabrgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • Loyihaning qisqacha mazmuni (Project Proposal, 5 sahifagacha).
  • CV.
  • Ilmiy ish namunasi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon­­­­­­­­­­ bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun:

Email: researchgrants@getty.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!