×

GHC International Scholarships: Xotin-qizlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya!


Grant

MUHLAT

06.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3240 marta

AnitaB.org notijorat tashkiloti o’zining navbatdagi, 2019-yil 2-4-oktabr kunlari Florida shtatining Orlando shahrida bo’lib o’tadigan Grace Hopper Celebration (GHC) konferensiyasi uchun taqdim etadigan GHC International Scholarships dasturiga barcha 18 yoshdan katta oʻquvchi/talaba hamda o’qituvchi qiz va ayollarni ariza topshirishga taklif etadi. Grace Hopper Celebration kompyuter texnologiyalari yo’nalishidagi eng katta yig’in bo’lib, konferensiyada har yili dunyoning yuzga yaqin davlatlaridan 20 000 ga yaqin qiz va ayollar ishtirok etishadi. Konferensiya davomida 400 ga yaqin seminar, trening, master klass hamda muhokamalar 800 dan ziyod ma’ruzachilar tomonidan olib boriladi. Konferensiya nihoyasiga yetgach, barcha ishtirokchilar ona yurtlariga qaytib, orttirgan tajribalari bilan mamlakatlari rivojiga hissa qo’shishlari nazarda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va undan yuqori bosqich talabalari hamda o’qituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantning manfaatli jihatlari

Grantni yutib olgan ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 3 kunlik konferensiyada qatnashish uchun bepul ro’yxatdan o’tish
  2. Turar joy (talabalar uchun xonadosh ishtirokchi tayinlanadi, o’qituvchilar uchun alohida xona beriladi)
  3. org Travel Consultant tomonidan Orlandoga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi
  4. Safar harajatlari uchun stipendiya ajratiladi (stipendiya miqdori shahar ichidagi transport harajatlari, oziq-vqat, ayroportdagi boshqa to’lovlar uchun yetarli qilib belgilangan)

Stipendiya ishtirokchilarga konferensiyaga yetib borishganidan keyin beriladi. Ungacha qatnashchi xarajatlarni o’z mablag’idan sarflashi talab etiladi.

Talablar:

Konferensiyada qatnashchilar o’quvchi/talaba yoki o’qituvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. O’quvchi/talaba sifatida ariza topshirgan nomzodlarga qo’yilgan talablar:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Nomzod yuqori maktab, kollej/litsey yoki oliygoh talabasi bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ta’lim muassasasida 2019-yil 2-oktabrga qadar to’liq (kunduzgi) bakalavr, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod kompyuter texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, matematika, fizika, informatsion tizimlar menejmenti va shunga yaqin soha bo’yicha tahsil olishi va yuqori natijalarga erishgan, a’lochi talaba bo’lishi kerak (batafsil ma’lumot bu yerda).
  5. Nomzod kompyuter texnologiyalariga bo’lgan qiziqishini ko’rsatib bera olishi kerak.
  6. Nomzod 2018-yili org-GHC Scholarship dasturi bo’yicha stipendiya olmagan bo’lishi kerak.
  7. Nomzod 2019- yil 2- oktabr holatiga ko’ra kamida 18 yosh bo’lishi kerak.
  8. Nomzodga bir vaqtni o’zida faqat bitta stipendiya berilishi mumkin.
  9. Agar g’olib ishtirokchi ma’lum sababga ko’ra konferensiyada ishtirok eta olmasa va buni tashkilotchilarga yig’indan oldin ma’lum qilmasa, u kelajakda shu dastur bo’yicha qatnashish huquqidan mahrum etiladi.
  10. Nomzod o’zi o’qiydigan va yashaydigan jamiyatning faol yoshlaridan bo’lishi, kompyuter texnologiyalari rivoji va uni ayollar orasida ommaviylashishiga o’z hissasini qo’shadigan bo’lishi kerak.
  11. Nomzod GHC konferensiyasida qatnashish unga qanday imkoniyatlarni taqdim etishini anglashi lozim.
  12. Konferensiya yakunida nomzod o’z yurtiga qaytishi va o’rganganlari bilan jamiyatida shu soha rivojiga hissa qo’shishi kerak.

O’qituvchi sifatida ariza topshirgan nomzodlarga qo’yilgan talablar:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Nomzod davlat tomonidan tan olingan institut /universitetda ishlashi kerak.
  3. Nomzod kompyuter texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, matematika, fizika, informatsion tizimlar menejmenti va shunga yaqin sohada dars berishi kerak (batafsil ma’lumot bu yerda).
  4. Agar g’olib ishtirokchi ma’lum sababga ko’ra konferensiyada ishtirok eta olmasa va buni tashkilotchilarga yig’indan oldin ma’lum qilmasa, u kelajakda shu dastur bo’yicha qatnashish huquqidan mahrum etiladi.
  5. Nomzod jamiyatidagi kompyuter texnologiyalari sohasi rivojiga, uni talabalar orasida ommaviylashishida faollik ko’rsatgan bo’lishi, kompyuter klub/to’garaklari tashkil etish hamda olib borilishi yoki shu kabi soha rivojiga hissa qo’shgan bo’lishi kerak.
  6. Konferensiya davomida g’olib ishtirokchilar o’quvchi/talabalarga murabbiylik qilishlari kerak bo’ladi.
  7. O’qituvchilar konferensiya davomida orttirgan bilim va tajribalarini o’zlari ishlayotgan ta’lim muassasasida boshqalar bilan baham ko’rishlari, shu sohaning jamiyatlaridagi rivojiga hissa qo’shishlari kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing. Dastur shartlari bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

GHC International Scholarships dasturida qatnashish uchun hujjatlar 2019-yilning 6- martidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. Hujjatlar to’planib, onlayn ariza sahifasidagi belgilangan o’rinlarga yuklanadi. Natijalar 2019- yil 8-may kuni e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza. GHC yig’iniga arizalar onlayn tarzda taqdim etiladi. Namunaviy ariza shakli bilan bu yerda tanishing.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi – pasport (JPEG, JPG, PNG formatlarida).
  • CV (pdf, doc, docx formatlarida).
  • Esse.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy sayti yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

Tel: (650) 352-7500

Hotwire: AnitaB@hotwireglobal.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!