×

AQSh va Afrika: barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

16.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3431 marta

Global Health Corps tomonidan dunyo bo’ylab tashkil etilgan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar nafaqat sog’liqni saqlash, balki boshqa istalgan soha mutahassislari bo’lishlari mumkin va dastur boshlanguniga qadar (30-iyun, 2019-yil) bakalavr darajasiga ega bo’lishlari zarur. Amaliyot dasturi 1 yil davom etadi. Ushbu stajirovka dasturi o’z oldiga sog’liqni saqlash tizimiga tubdan o’zgartirish kiritishni maqsad qilib qo’ygan. Amaliyot dasturi Malavi, Ruanda, Uganda, Zambia va AQSHning sog’liqni saqlash tashkilotlarida olib boriladi. Amaliyotchilar 12 oy davomida mazkur tashkilotlarda ishlab noan’anaviy tajribaga ega bo’ladilar. Amaliyot Global Health Corps dasturiga hamkorlik qilayotgan tashkilotlarda bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

30 yoshgacha bo’lgan liderlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Stajirovka bir yil mobaynida AQSH va Afrikadagi hamkor tashkilotlarda bo’lib o’tadi.
  • Amaliyotchilar oylik stipendiya va kundalik xarajatlar uchun mablag’ bilan ta’minlanishadi.
  • Qatnashchilar tibbiy, baxtsiz hodisalardan va sayohat uchun sug’urta qilinishadi.
  • Qatnashchilarga safar (borish va kelish), barcha trening va seminarlar xarajatlari to’lab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod o’zidagi tirishqoqlik, yangilikka intiluvchanlik, jamoa bo’lib ishlay olish, moslashuvchanlik kabi sifatlarni namoyon etishi lozim.
  • Nomzod 30 yosh yoki undan kichik bo’lishi (30-iyun 2019-yil holatiga ko’ra) kerak.
  • Nomzod kamida to’liqsiz oliy (bakalavr) darajasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Shuningdek, nomzod bitta tavsiyanoma taqdim etishi talab qilinadi (tavsiyanona nomzodning rahbari yoki o’qituvchisi tomnidan 2019-yil 23-yanvargacha taqdim etilishi zarur).

Dasturga qabul jarayoni:

  • Dasturga hujjat topshirish uchun nomzoddan onlayn ariza to’ldirish talab etiladi.
  • Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar ro’yxati 2019-yilning fevral oyida e’lon qilinadi.
  • Keyingi, final bosqichi mart oyida suhbat ko’rinishida bo’lib o’tadi.
  • Nihoyat, hamkor tashkilotlar barcha finalistlar orasidan kerakli nomzodlarni tanlab oladilar. Saralash bosqichi haqida to’liq ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni ko’rib chiqishingiz yoki applyinfo@ghcorps.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!