×

Ghent University Top-up Grants: Belgiyada magistratura bosqichida oʻqish uchun 1000 yevro oylik stipendiya va bepul sugʻurta!


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

4702 marta

Belgiyada joylashgan Ghent universiteti ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Ghent University Top-up Grants grant dasturini taklif etadi. Ushbu grantlar universitetdagi odatiy magistrlik dasturlar (bakalavriatni bitirib topshiriladigan magistratura) va magistraturadan keyingi magistratura kurslarida (magistrlik darajasiga ega nomzodlar uchun) tahsil olish uchun beriladi.

Hozirda 2022-yil kuzgi semestrda boshlanadigan magistrlik kurslariga grantlar uchun arizalar qabul qilinmoqda. 2022-yili boshlanadigan kurslar uchun jami 10 nafar talaba mazkur grant berilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: Ghent universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biridir. Jumladan, 2021-yil oktabr holatiga koʻra, ushbu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 96-oʻrinni egallab turibdi (THE reytinggi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  1. Oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
  2. Toʻliq tarifdagi (tibbiy, fuqarolik javobgarligi, vatanga qaytish) sugʻurta bilan bepul taʼminlanadi.
  3. Universitetda Yevropa iqtisodiy hududidan tashqarida joylashgan davlatlar fuqarolari, shu jumladan, o’zbekistonliklar uchun ham kontrakt to’lovi yiliga 5687 yevrogacha (dasturga qarab kamroq ham boʻlishi mumkin). Yevropa iqtisodiy hududi mamlakatlari talabalari esa 947 yevro kontrakt to’laydi. Top-up grantini yutgan talabaning kontrakti ham 947 yevroga tenglashtirib beriladi, natijada, talaba yiliga 5687 yevro emas, 947 yevro kontrakt to’laydi.

Talablar:

Grantga nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Nomzod magistrlik dasturiga ariza topshirayotgan vaqtda talab etilgan ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak. Yaʼni:
    – Magistrlik kurslariga (Master’s Programme) topshirayotganlar bakalavrlik darajasiga (diplomiga);
  • – Magistraturadan keyingi magistratura kurslariga (Subsequent Master’s Programme) ariza topshirayotganlar magistrlik darajasi (diplomi)gar ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod OESO-DAC mamlakatlari roʻyxatiga mamlakatlari roʻyxatiga kiruvchi davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak (Oʻzekiston bu roʻyxatda bor).
  • Nomzod oʻzi tanlagan ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik kursining qabul talablariga javob berishi, unga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak. Dasturga qarab, ingliz tilidan IELTS 5.5 yoki 6.0. yoki 6.5 yoxud 7.0 ballga ega boʻlish talab etiladi. Dasturlarning til talablari bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin.

Shuningdek, magistrlik dasturlarining qabul talablari bir-biridan biroz farq qilishi mumkin. Qabul talablari bilan BU YERDA kerakli dasturni tanlash va uning sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Top-up grantiga alohida ariza topshirilmaydi. Har bir magistrlik dasturi ariza topshirganlardan eng yaxshi 3 ta arizachini ushbu grantga nomzod sifatida taklif qiladi. Saralash komissiyasi ana shu taklif etilgan nomzodlardan eng munosiblariga (jami 10 nafargacha) grant ajratish haqida qaror qabul qiladi.

Mazkur grantga talabgor sifatida koʻrib chiqilishni xohlovchilar 2022-yil 1-martgacha ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik dasturlaridan biriga ariza topshirishi lozim. 1-martdan keyin kelib tushgan arizalar ushbu grant  uchunkoʻrib chiqilmaydi.

Magistraturaga qabul arizasida “Financial Means” boʻlimi bor, shu boʻlimda “Scholarship” variantini tanlab, “Top-Up Grant”ni belgiash kerak boʻladi.

Grant ajratish haqidagi qaror 2022-yil may oyida chiqariladi.

Magistrlik kurslariga qanday ariza topshirish haqidagi batafsil maʼlumotni BU YERDAN kerakli boʻlimlarni tanlash orqali topasiz.

Magistraturaga topshirish uchun kerakli hujjatlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

MUHIM: ariza toshirishga kirishishdan oldin grant haqidagig rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Top-Up grantlari boʻyicha savollaringiz boʻlsa, elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Magistraturaga qabul boʻyicha savollaringiz boʻlsa, elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!