Janubiy Koreyada joylashgan Gwangju Institute of Science and Technology (GIST) oliygohida o’tkaziladigan Global Internship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturga bakalavr bosqichi bitiruvchi kursi yoki magistratura kursida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan talabalar GIST ilmiy laboratoriyalarida yoz oylarida 8 hafta davomida amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yozgi amaliyotni muhandislik, fizika, kimyo, kompyuter fanlari, matematika, biotibbiyot va boshqa sohalar boʻyicha oʻtash mumkin.
Nomzodlar ariza topshirish vaqtida 2 ta tadqiqot laboratoriyasini tanlash kerak. Yuqoridagi sohalar va ularga aloqador laboratoriyalar bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA kiring (“GIP Research Field” boʻlimi).
Amaliyot mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr va magistratura talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- Talabaga Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta xarajatining yarmi qoplanadi.
- Yotoqxona ta’minlanadi.
- Bepul koreys tili kurslari taqdim etiladi.
- Stipendiya beriladi.
- Koreys madaniyati bilan tanishuv.
- Maxsus maʼruzalar oʻtiladi.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod bakalavriat bosqichida bitiruvchi kurs talabasi bo’lishi yoki magistratura talabasi bo’lishi kerak.
- Nomzodning baholari o’rtachasi 4,5 ballik tizimda 3 balldan past bo’lmasligi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Nomzodlardan inlgiz tili darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS, TOEFL va h.k.) yoki oʻzi oʻqiyotgan universitetdagi darslar ingliz tilida oʻtilishi haqida maʼlumotnoma topshirishi kerak. Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar uchun minimal ball talabi: TOEFL iBT 80, IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro tan olinadigan sertifikat.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2026-yil 27-fevralga qadar bu yerda qabul qilinadi (“ONLINE APPLICATION” tugmasini bosing). Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni ingliz tilida tayyorlang:
- Diplom (agar bor bo’lsa). Diplom boʻlmasa, talab ekanlik haqida maʼlumotnoma.
- Baholar (ingliz tilida).
- Tavsiyanoma.
- Ingliz tili testi sertifikati yoki universitetdagi darslar ingliz tilida oʻtilishi haqida maʼlumotnoma.
- Shuningdek, arizada nomzod oʻz afzal koʻrgan 2 ta tadqiqot laboratoriyasini koʻrsatishi kerak. Laboratoriyalar bilan BU YERDA tanishing (“GIP Research Field” boʻlimi).
MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon va ariza topshirish haqidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan +82-62-715-6254 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.




