×

GIST Global Internship Program: talabalar uchun Koreyada 8 haftalik amaliyot uchun to’liq grant, turar joy va stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2984 marta

Janubiy Koreyada joylashgan Gwangju Institute of Science and Technology (GIST) oliygohida o’tkaziladigan Global Internship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturga bakalavr bosqichi bitiruvchi kursi yoki magistratura kursida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan talabalar GIST ilmiy laboratoriyalarida yoz oylarida 8 hafta davomida amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’ladi. Yozgi amaliyot quyidagi fakultetlarda bo’lib o’tadi:

  • School of Electrical Engineering and Computer Science
  • School of Materials Science and Engineering
  • School of Mechanical Engineering
  • School of Earth Sciences and Environmental Engineering
  • School of Life Sciences
  • School of Physics and Chemistry
  • Department of Biomedical Science and Engineering
  • Institute of Integrated Technology
  • Artificial Intelligence Graduate School

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  1. Talabaga Koreyaga kelish uchun aviachipta olib beriladi.
  2. Turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. Bepul koreys tili kurslari taqdim etiladi.
  4. Tibbiy sug’urta qilinadi.
  5. Stipendiya beriladi.
  6. Madaniy kurslar o’tiladi.
  7. Maxsus dars va seminarlar bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kursining bitiruvchi kursi bo’lishi yoki magistratura kursi talabasi bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari o’rtachasi 4 ballik tizimda 3 balldan past bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 12-martga qadar bu yerda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni ingliz tilida tayyorlang:

  1. Diplom (agar bor bo’lsa)
  2. Baholar
  3. Tavsiyanoma
  4. Ingliz tili testi sertifikati.

Murojaat uchun: gip@gist.ac.kr yoki +82-62-715-6254.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!