×

“Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida videoroliklar tanlovida qatnashing va planshetdan tortib noutbukkacha boʻlgan mukofotlarni yutib oling!


Grant

MUHLAT

29.06.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2289 marta

Narkotik moddalarni nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi qoshidagi ommaviy Axborot kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovning gʻoliblari tashkilotchilar va homiylar mablagʻlari asosida tegishli tartibda ragʻbatlantiriladi hamda eʼtirof etilgan videoroliklar respublika va mahalliy telekanallar orqali belgilangan grafiklar asosida efirga uzatib boriladi.

Videorolikni tayyorlashda mutaxassislar va ijodkorlar yordamidan foydalanish mumkin. Rolikni yaratishda boshqa roliklardan koʻchirib olib foydalanish taʼqiqlanadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha Oʻzbekiston fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 2 ta oliy oʻrin — Noutbuk (Lenovo — Intel core i3)
  • 6 ta birinchi oʻrin — Velosiped
  • 6 ta ikkinchi oʻrin — Televizor (Artel)
  • 6 ta uchinchi oʻrin — Planshet bilan taqdirlanadilar (G-Tab)

Talablar:

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Taqdim etiladigan videoroliklar:

  • Telekanallar uchun 1:30 — 2:00 daqiqa hamda FullHD (1920×1080) formatida boʻlishi lozim.
  • Ijtimoiy tarmoqlar uchun 1:00 — 1:30 daqiqa hamda FullHD (1920×1080) formatida boʻlishi lozim.

Kelib tushgan videoroliklar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi – 20 ball;
  • videorolikda sohaga oid eng soʻngi qonunchilik (soʻngi 5 yil 2018-2022 yillar)ning yoritilishi – 20 ball;
  • videorolikdagi mantiqiylik, ishtirokchining dunyoqarashi, fikrlash doirasi va eʼtiborni jalb qila olish xususiyati – 20 ball;
  • videorolik mazmuni, uning yuqoridagi mavzular boʻyicha qamrovi, unga bogʻliq boʻlgan jarayonlarni kreativ nuqtai nazardan aks ettirish darajasi – 20 ball;
  • videorolikning oʻziga xosligi, boshqa videorolikdan ajralib turishi — 20 ball.

Videoroliklar quyidagi maqsad va vazifalarni oʻz ichiga olishi kerak:

  • aholi va yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning salbiy oqibatlari haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash, sogʻlom turmush tarziga qatʼiy rioya qilishlarini taʼminlash;
  • aholi va yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini kamol toptirish;
  • ijodkor yoshlarni izlab topish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
  • yosh avlodni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash;
  • aholi va yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi preparatlar taʼsiriga tushib qolishiga barham berishga erishish.

Dasturga qabul jarayoni:

Ijodiy ishlar 2022-yil 21-iyundan 29-iyun kunduzgi 12:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov uchun ijodiy ishlar telegramdagi @giyohvandlikkaqarshimizbot botiga yuborilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!