×

Shotlandiya: Moda (fashion) yo’nalishi bo’yicha magistraturada o’qish uchun to’liq grant


Grant

MUHLAT

07.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2278 marta

Shotlandiyada joylashgan Glasgow Cladonian University Don McCarthy grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dasturga moda (fashion) yo’nalishi bo’yicha magistraturada o’qishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin. O’qish 2019-yilning yanvaridan boshlanadi.

Nomzodlar quyidagi moda yo’naishlaridan birini tanlashlari mumkin:

  • MBA Luxury Brand Management
  • MSc Fashion Business Creation
  • MSc International Fashion Marketing
  • MSc Luxury Brand Marketing

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur nomzodning ko’rsatkichlari va qobiliyatiga qarab kontrakt summasini 100%gacha qoplab beradi. Kontrakt summasining qoplanadigan miqdori 100%dan kam ham bo’lishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod Glasgow Caledonian University’ga hujjat topshirishi va grantga hujjat topshirishdan oldin universitetga shartli (conditional) yoki shartsiz (unconditional) ravishda qabul qilishi lozim.
  • Nomzod Shotlandiyada hayot kechirish uchun zarurxarajatlarini o’zi qoplay oladigan darajada bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega bo’lishi kerak. IELTS uchun qo’yilgan minimum talab umumiy 6 ball va hech qaysi bo’lim 5.5 dan past bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu dasturga arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirilayotganda 2-3 daqiqalik video ham joylanishi lozim. Videoda nega nomzod ushbu grantga loyiq ekani haqida ma’lumot berilishi kerak. Nomzod o’z videosida quyidagi savollarga javob berishi zarur:

  • Why you should be awarded the scholarship? (Nega ushbu grant sizga berilishi kerak?)
  • What difference it will make to your studies/career? (Grantni qo’lga kiritishingiz sizning o’qishingiz/karyerangizda qanday o’zgarish yasaydi?)
  • What difference you will make to the industry/University – what will you give back? (Universitetga/moda sanatiga qanday hissa qo’sha olasiz – grant evaziga nima bera olasiz?)
  • What your future plans and career goals are? (Kelajakdagi reja va karyerangizga oid maqsadlaringiz qanday?)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!