Tanlov AQSh ta’lim va madaniyat departamenti tomonidan o’tkazilib kelinadi. Ushbu tanlovda irqiy, diniy, jinsiy, milliy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha nomzodlarga tavsiya etiladi. G’olib nomzodlar o’z sohasi bo’yicha kamida ikkita fan va ixtiyoriy ravishda AQSh tarixi, san’ati, adabiyotiga bog’liq bo’lgan bitta fanni o’qish talab qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida 1-, 2- yoki 3-kursda o'qiyotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant to’liq beriladi va u Universitet kontrakt to’lovini, AQShga borish, AQShdan aviabiletlarini, yotoqxona, tibbiy sug’urta, kerakli adabiyotlar uchun xarajatlarni, va oylik stipendiyani o’z ichiga oladi.
Talablar:
- 18 yoshga to’lgan;
- O’zbekiston fuqorosi va O’zbekistonda yashayotgan;
- O’zbekistonda kunduzgi ta’limda o’qiyotgan bo’lishi;
- kamida bir smesterni yakunlagan;
- Universitetni bitirishiga kamida bir smesteri qolgan;
- Ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan;
- Almashinuv visasini (J-1) ola oladigan;
- 2018 yil, avgust AQShda o’qishni boshlay oladigan (Ingliz tili kurslari uchun);
- 2019 yil yanvar asosiy smester darslarni boshlaydiganlar uchun;
- A’lo baholarga o’qish, volontyorlik va liderlik qobiliyatlarini ko’rsata oladigan bo’lishi kerak.
Ushbu dasturga irqi, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, universititetlarning 1, 2, 3- bosqichida ta’lim olayotgan talabalar topshira oladi.
Dastur tugatgan talaba O’zbekistonga qaytib ketish majburiyatini oladi. AQSh va AQShga doir tajribasi kam va bo’lmaganlarga ko’proq imkoniyat beriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va 1 yanvar, 2018 yilgacha onlayn topshirilishi kerak. Arizalarni SHU YERDA onlayn to’ldiriladi. Odatda, Dastur uchun dasturning ariza formasi, insho, passport, ikkita tavsiyanoma, baholar reytingidan ko’chirma, portfolio so’raladi.
Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan:
- Step-by-Step Global UGRAD 2018-19 Application Instructions (PDF 719 KB)
- Student Recommendation Guidelines (PDF 394 KB) olishingiz mumkin. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, AQShning O’zbekistondagi elchixonasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Toshkentdagi AQSh elchixonasi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani 5 kvartal, Moyqo’rg’on ko’chasi, 3. Indeks 100093.
Tel: +99871 120 54 50