×

Global Changemaker Fellowship: ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha ustida ishlayotgan yoshlar uchun 10 oylik trening dasturi


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1886 marta

O’z jamiyatidagi ta’lim, rivojlanish, texnologiya va boshqa sohalardagi masalalarga yechim topish va yangi loyihalar qilish niyatidagi yoshlar uchun Global Changemaker Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dasturga jamiyatidagi ma’lum muammoga yechim bo’ladigan loyiha ustida ishlayotgan va muvaffaqiyat uchun yanada chuqurroq bilim, ko’nikma va tayyorlovga muhtoj bo’lgan, 13-30 yoshdagi yoshlar qabul qilinadi.

Qabul qilinganlar 10 oy davomida mutaxassislar tomonidan yetakchilik va g’oyalarni amalga oshirish uchun zaruriy sohalarda treningda ishtirok etadi. Ishtirok etish uchun ishtirokchilar o’qish yoki ishlarini tark etishlari shart emas – mashg’ulotlar masofadan turib olib boriladi, ishtirokchilar bu vaqtda loyihalarini amalga oshirishda davom etadilar. Bitiruvchilar shu dasturda ishtirok etgan boshqa ishtirokchilar bilan bir umrga bog’lanib qoladi va dunyodagi yosh yetakchilar tarmog’iga qo’shiladi. Dastur dunyoni o’zgartirish va jamiyatdagi muammolarni yechish orzusidagi shijoatli yoshlar uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Dastur 2021-yil apreldan 2022-yil yanvargacha 10 oy davom etadi va 30 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Trening vaqtida 3 ta trening dasturi bo’ladi va bu trening dasturlari oralig’ida maxsus topshiriqlar beriladi.

Grant kimlar uchun?

13-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilar rivojlanishga oid loyihalarni amalga oshirish bo’yicha maxsus trening dasturida bepul ishtirok etadilar. Trening dunyoning taniqli mutaxassis mentorlari tomonidan o’tkaziladi.

Talablar:

  • Nomzod 13-30 yoshda bo’lishi kerak.
  • Nomzod muammolarga yechim bo’luvchi yoki innovatsiyaga sabab bo’luvchi ijtimoiy loyihani amalga oshirish jarayonida bo’lishi kerak. Odatda, ma’lum tashkilotga, kompaniya yoki dasturga asos solgan yoki shunday loyihani yurgizayotgan yoshlar qabul qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi kerak. Trening ingliz tilida bo’ladi.

Dastur onlayn bo’ladi. Ishtirokchilar barcha mashg’ulot va seminarlarda ishtirok etishi shart. Mashg’ulotlarni o’tkazib yuborgan ishtirokchilar dasturdan chetlatiladi. Nomzod barcha mashg’ulotlarga 100% qatnashishga tayyor bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga o’zi uchun ariza topshirish yoki boshqa shaxs nomzodini ko’rsatish mumkin. Ikkala holatda ham arizalar bu yerda topshiriladi. Hujjat topshirishning so’nggi kuni- 31-mart. Murojaat uchun: sheetal@connecting-dreams.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!