×

Global Cultural Relations Programme: 25-39 yoshlilar uchun Marokashda 5 kunlik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

15.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Marokash

O'QILGAN

1249 marta

Global Cultural Relations Programme dasturi madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida butun dunyo bo’ylab yetakchi yoshlarni birlashtiruvchi dastur hisoblanadi. Dasturning ushbu mavsumida madaniyat va san’at, jamiyatga doir sohalarda faoliyat yurituvchi 40 nafar mutaxassis ishtirok etishi mumkin. Dastur ishtirokchilarga o’z bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, xalqaro networking (aloqalar) yaratish va madaniyatlararo hamkorlikda ishtirok etish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Dastur 2024-yil 24-28-noyabr kunlari Marokashning Marrakech shahrida bo’lib o’tadi. Dastur to’liq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Madaniyat va san’at, jamiyatga doir sohalarda kamida 3 yillik tajribaga ega 25-39 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning bu yilgi mavsumi uchun 40 nafar nomzod uchun grant ajratilgan bo’lib,  ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

  • Marokashga borish-kelish aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Viza va unga bog’liq xarajatlari qoplab beriladi.

Eslatma: ishtirokchilar tibbiy sug’urta va yuqoridagi imkoniyatlardan boshqa xarajatlarni o’zlari qoplashlari zarur.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod 25-39 yosh oralig’ida bo’lishi hamda madaniyat va san’at, jamiyatga doir sohalarda kamida 3 yillik tajribaga ega bo’lishi kerak. Tegishli sohalar bilan batafsil BU YERDA tanishing.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar O’zbekiston vaqti bilan 2024-yil 15-iyul tonggi 3:00 ga qadar BU YERDA ariza topshirishlari kerak. Arizalar faqat ingliz tilida qabul qilinadi.

Muhim sanalar:

  • 2024-yil avgust oyining o’rtalari va oxiri: Tanlangan ishtirokchilar elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
  • 2024-yil oktyabr: Tanlangan ishtirokchilar onlayn tarzda e’lon qilinadi.
  • 2024-yil 24-noyabr, yakshanba: Ishtirokchilar Marrakechga kelishadi.
  • 2024-yil 25-noyabr, dushanba – 28-noyabr, payshanba: Dasturning asosiy qismi davom etadi.
  • 2024-yil 29-noyabr, juma: Ishtirokchilar Marrakechdan jo’nab ketishadi

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha havolalar: 

  • Avvalgi mavsum ishtirokchilar o’z tajribalari haqidagi video bilan BU YERDA tanishing.
  • Dasturning 2023-yilgi mavsumi haqida BU YERDA oʻqing va BU YERDA videoni tomosha qiling.
  • Ishtirokchilarning dasturda qatnashgandan keyin qanday yutuqlarga erishganiga haqida BU YERDA ma’lumot oling.
  • Ko’p berilgan savollar va ularga javoblar bilan BU YERDA tanishing.

Qo’shimcha murojaatlar uchun: cultural.relations.platform@goethe.d

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!