×

GCRP: Madaniyat va ijodkorlik sohasida ishlaydiganlar uchun Turkiyada 4 kunlik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

2994 marta

Global madaniy aloqalar dasturining (Global Cultural Relations Programme – GCRP) 2022-yilgi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur madaniyat va ijodkorlik sohasida ishlaydigan mutaxassislar hamda tadbirkorlar uchun moʻljallangan.

Bu yilgi dastur Turkiyaning poytaxti Istanbul shahrida, 2022-yil 10-13-may kunlari boʻlib oʻtadi. Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Dastur ishtirokchilari oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish, xalqaro tanishlar orttirish va xalqaro madaniy aloqalarda ishtirok etish uchun yordam olish imkoniga ega boʻladi.

Dasturga jami 40 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Madaniyat va ijodkorlik sohasida ishlaydigan mutaxassislar va tadbirkorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminalandi:

  • Dasturda ishtirok etish bepul.
  • Istanbulga borish va qaytish uchun aviachiptalar olib beriladi.
  • 9-14-may kunlari uchun bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Viza va vizaga oid boshqa hujjatlar xarajatlari qoplanadi.
  • Dastur davomida dastur bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat vakillari ariza berishi mumkin.
  • Dasturga madaniyat va ijodkorlik sohasida (cultural and creative sectors) ishlaydigan mutaxassislar hamda tadbirkorlar ariza topshirishi mumkin.
  • 25-39 yoshli nomzodlar ariza bera oladi. Koʻrsatilgan yoshdan biroz kichik yoki kattaroq boʻlganlar ham ariza berishi mumkin, lekin saralashda ustunlik 25-39 yoshlilarga beriladi.
  • Xalqaro hamkorlik borasida kamida 3 yillik tajribaga ega nomzodlarga saralashda ustunlik beriladi. Lekin ish tajribasi 3 yilni tashkil etaydigan nomzodlar ham ariza topshira oladi.
  • Davlat yoki xususiy sektorda, fuqarolik jamiyati tashkilotlarida yoki frilanser sifatida ishlovchi nomzodlar ariza berishi mumkin.
  • 2022-yil 10-13-may davomida dasturda toʻliq qatnashish lozim boʻladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas).
  • Yevropa Ittifoqi muassasalarida yoki dasturning konsortium hamkorlarida (Gyote instituti, IETM, Yevropa Madaniyat jamgʻarmasi, Siena universiteti) ishlaydigan nomzodlar ariza topshira olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 1-mart, soat tongi 3:59 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA toʻldiriladi (ingliz tilida).

Arizada nomzodlar oʻzlarining ish tajribasi haqidagi maʼlumotlarni kiritishi va dasturga ariza topshirishdagi motivatsiyasi hamda talablarga qanchalik mosligini tushuntirishi kerak boʻladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan cultural.relations.platform@goethe.de elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!