×

Global Excellence Scholarships: Exeter universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun qisman va toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

23.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1267 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Exeter universiteti 2021-yilning sentabrida boshlanadigan magistrlik kurslarida (postgraduate taught) oʻqishni xohlovchilarga Global Excellence Scholarships 2021/22 grantlarini taklif qilmoqda. Mazkur grantlar universitetdagi 30 ta magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi. Mazkur kurslar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing,

Maʼlumot uchun: Exeter universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biridir. Jumladan, mazkur universitet, 2021-yil mart oyi holatiga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 164-oʻrinni egallab turibdi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur grant faqat 1 yil uchun beriladi. Grant nomzodning koʻrsatkichlariga qarab quyidagicha belgilanishi mumkin:

  • 1 yillik kontrakt pulidan toʻliq ozod etiladi.
  • 1-yilning kontrakt toʻlovidan 10 ming funt-sterling chegirma qilinadi.
  • 1-yilning kontrakt toʻlovidan 5 ming funt-sterling chegirma qilinadi.

Universitetda baʼzi magistrlik kurslari 1 yillik, baʼzilari esa 2 yillik. 1 yillik magistrlik kursiga kirgan talaba 1 yillik kontraktdan ozod qilinsa, umuman kontrakt toʻlamaydi. Lekin kursi 2 yillik boʻlsa, qolgan 1 yillik kontraktni oʻzi toʻlashi kerak.

Magistratura uchun 1 yillik kontrakt toʻlovi, yoʻnalishiga qarab, 18 000 yoki 18 500 funt-sterlingni tashkil qiladi.

Talablar:

Yuqoridagi grantlardan birini qoʻlga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • 2021-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun tegishli magistrlik kurslaridan biriga toʻliq oʻqish (full-time) asosida qabul qilingan boʻlishi kerak. Bunda nomzod avval magistraturaga topshiradi (qabul davom etyapti), qabul qilingandan keyin grantga ariza topshiradi.
  • Nomzod kontrakt asosida qabul qilingan xalqaro talaba boʻlishi kerak.
  • Nomzodning bakalavrlik diplomi baholarining oʻrtachasi kamida 86% boʻlishi kerak.

Shuningdek, nomzod oʻzi tanlagan magistrlik dasturining qabul talablariga ham mos boʻlishi lozim. Magistrlik kurslarining talablari bilan BU YERDA kerakli kursni tanlash orqali tanishishingiz mumkin (aksariyat magistrlik kurslariga IELTS 6.5 soʻraladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab magistratura kurslari sahifasiga kirib, tegishli kurslardan biriga hujjat topshirishi lozim. Qabul xatini olgandan keyin grant uchun BU YERDA ariza topshiradi.

Grantga ariza topshirishda 300 soʻzdan oshmagan insho (personal statement) ham yozish kerak boʻladi. Inshoda quyidagi savollarga javob berib oʻtish kerak:

1. What is your interest in your chosen programme of study and what are you hoping to learn?
2. What are your future ambitions and how will your studies help you to achieve them?
3. What would being awarded a Global Excellence Scholarship mean to you – what difference would it make?
4. As a Global Excellence Scholar, how might you act as an ambassador for the University?

Grantga arizalar 2021-yilning 23-apreliga qadar qabul qilinadi. Shu sababli nomzodlar magistrlik kursiga imkon qadar ertaroq topshirishi tavsiya etiladi.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan admissions-scholarships@exeter.ac.uk elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!