×

Global Impact Scholarship: kompyuter fanlari yo’nalishlari magistratura va bakalavr talabalari uchun 5 000 AQSh dollari grant; istalgan universitet talabalari hujjat topshira oladi!


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1836 marta

Kompyuter fanlari, dastur muhandisligi va kompyuter fanlari sohasiga yaqin yo’nalishlarda bakalavr va magistratura kursida o’qiyotganlar uchun Global Impact Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar AQShdan boshqa istalgan davlatda joylashgan oliy ta’lim muassasasida bakalavr yoki magistraturada o’qiyotgan va 2020-21 hamda 2021-22 o’quv yillarida ham o’qishi davom etishi rejalashtirilgan talabalar uchun mo’ljallangan.

Bu yilgi dastur doirasida 5 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Har bir talabaga moddiy yordamdan tashqari virtual trening dasturi tashkil qilinadi. Grantni istalgan davlat va istalgan universitet/institutda o’qish uchun yutib olish mumkin. O’zbekiston oliygohlaridagi kompyuter fanlari, muhandisligi va shunga aloqador yo’nalishlar talabalari ham hujjat topshirishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari va dastur muhandisligi kabi yo’nalishlarda bakalavr va magistratura kursida o’qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Talabalarga o’qish xarajatlariga sarflash uchun 5 000 AQSh dollari bir martalik grant beriladi. Mablag’ talabaning o’ziga jo’natiladi. Undan tashqari, talabalar dastur tashkilotchisi hisoblangan Palantir kompaniyasi tomonidan treningda (virtual development workshop) qatnashadi.

Talablar:

  • Dastur bakalavr va magistratura kursi talabalari uchun mo’ljallangan.
  • Grantga 2020-21 va 2021-22 o’quv yillarida o’qishini davom ettirishi rejalashtirayotgan talabalar hujjat topshira oladi. Ya’ni, hozir 4-kursda o’qiyotgan talabalar hujjat topshirishi mumkin emas. Bu haqida bu yerda o’qing.
  • Nomzod kompyuter fanlari (computer science), dastur muhandisligi (software engineeringg) va shu sohalarga yaqin bo’lgan yo’nalishlarda o’qiyotgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish jarayonini bu yerda boshlashingiz mumkin. Hujjat topshirishning oxirgi kuni – 1-aprel.

Murojaat uchun: global-impact-scholarship@palantir.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!