×

Global Leader of Tomorrow Award: Kanadada bakalavr kurslari uchun 20 000 Kanada dollari grant


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Kanada

O'QILGAN

1724 marta

Kanadada joylashgan eng yirik universitetlardan biri – York University tomonidan taqdim etiladigan Global Leader of Tomorrow Award for International Students grant dasturiga arizalar qabuli yaqinlashmoqda. Grantlar York universiteti bakalavr kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalardan eng iqtidorlilariga belgilanadi. Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant ajratilgan. Barcha kurslar ro’yxati

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4 yil uchun jami 80 000 Kanada dollari grant beriladi. Grant har o’quv yili 20 000 Kanada dollaridan berib boriladi. Grant olishda davom etish uchun talabaning baholari pasayib ketmasligi kerak. York universitetida o’qish to’lovi 32 000 Kanada dollarigacha (faqat muhandislik fakultetida 37 000 Kanada dollari). Batafsil

Nomzodga talablar

Talablar:

Nomzod:

  • Kanada fuqarosi bo’lmasligi;
  • Maktab/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi;
  • Baholari yuqori bo’lishi;
  • Akademik yoki sport, san’at kabi darsdan tashqari mashg’ulotlarda yutuqlarga erishgan bo’lishi;
  • Ijtimoiy faol bo’lishi;
  • York universiteti 2021-yil kuzgi bakalavr kurslariga hujjat topshirgan bo’lishi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvaliga bakalavr kursiga ariza bering. Bakalavr kursiga ariza topshirgan nomzodlarga 9 xonali ariza raqami beriladi. Grantga hujjat topshirishda shu raqamdan foydalaniladi. Bakalavr kurslariga arizalar 15-yanvargacha bu yerda qabul qilinadi. 

Kerakli hujjatlar:

 

  • Til sertifikati

 

Grantga arizalar 7-dekabrdan boshlab qabul qilinadi. Grantga hujjat topshirishning so’nggi kuni – 2021-yil 1-fevral. Qabul ochilganda bu yerda hujjat topshirish mumkin bo’ladi. Grantga ariza topshirishda nomzod o’qigan maktab, litsey yoki kollej tavsiyasi talab etiladi. Bitta maktab/kollej/litsey faqat bitta nomzodni tavsiya qila oladi. 

Natijalar 1-mayda e’lon qilinadi.

Murojaat uchun tel.: 4167362100

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!