×

Global Leadership Challenge: Masʼuliyatli yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha 1 haftalik dastur; eng yaxshi jamoa Shveytsariyaga bepul sayohat qiladi!


Grant

MUHLAT

24.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1143 marta

Global Leadership Challenge (GLC) – Oksford universiteti va St. Gallen Simpoziumining qoʻshma tashabbusi boʻlib, ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga qodir  masʼuliyatli yetakchilik xislati uchun talab etiladigan zukkolik va xarakterni oʻstirishda yetakchilarga yordam berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan dasturdir.

2021-yilgi GLC dasturining asosiy mavzusi – “Power of Purpose”. Dasturda qatnashish uchun butun dunyodan 100 nafar yetakchi saralab olinadi. Dastur mashgʻulotlari 2021-yilning 9-15-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlarda oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin (aksariyat mashgʻulotlar onlayn tarzda boʻladi).​

Dastur davomida ishtirokchilar tajribali yetakchilar bilan muloqotda boʻladi, oʻz tengdoshlari bilan fikr almashadi va ulardan oʻrganadi hamda 4 ta barqaror rivojlanish maqsadi boʻyicha harakatlar rejalarini ishlab chiqadi.

Ariza topshirish vaqtida nomzodlar quyidagi 4 ta barqaror rivojlanish maqsadidan biri boʻyicha muammolarga eʼtibor qaratishni xohlashini koʻrsatishi kerak:

  • Good health and well-being
  • Quality education
  • Gender equality
  • Climate action

Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Arizalar yakka tartibda yoki 3-5 kishilik jamoa tarzida topshirilishi mumkin. Yakka tartibda ariza topshirib, qabul qilinganlar keyinchalik jamoalarga birlashtiriladi yoki biror jamoaga joylashtiriladi.

Grant kimlar uchun?

21-30 yoshli bakalavriatdan keyingi bosqich talabalari va yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • Yosh, masʼuliyatli yetakchilarning global hamjamiyati aʼzosiga aylanish.
  • Dunyoga mashhur olimlar, biznes va siyosat sohasidagi tajribali yetakchilar bilan muloqot.
  • Lohiyaviy fikrlash tamoyillari yordamida eng dolzarb global muammolarni hal qilishga qaratilgan harakat rejalarini ishlab chiqish.
  • Barcha ishtirokchilar Oksford universitetidagi Oxford Character Project loyihasi va St. Gallen simpoziumining rasmiy sertifikati bilan taqdirlanadi.
  • Dasturdagi gʻolib jamoa Shveytsariyada 2022-yil 5-6-may kunlari boʻlib oʻtadagin 51-St. Gallen Simpoziumiga taklif etiladi. Jamoa ishtirokchilarining safar va turar joy xarajatlari toʻliq qoplanadi. Simpoziumda ishtirokchilar tajribali yetkachilar bilan boʻladigan muhokamalarda qatnashadi.
  • Eng yaxshi 3 ta jamoa Oxford Character Project tomonidan tashkil etiladigan va kuratorlik qilinadigan yetakchilikni rivojlantirish boʻyicha 3 oylik individual kursda qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod bakalavriatni bitirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod yosh mutaxassis yoki bakalavriatdan keyingi bosqichlardan birida (postgraduate) tahsil olayotgan talaba boʻlishi kerak.
  • Oʻqishdan tashqari turli mashgʻulotlar va/yoki ish tajribasi orqali masʼuliyatli yatkchilik qobiliyatini namoyon qilgan boʻlishi kerak.
  • 2021-yil 9-15-dekabr kunlari GLC dasturi mashgʻulotlarida ishtirok etish masʼuliyatini olishi kerak. Dastur mashgʻulotlari boʻyicha kun tartibini BU YERDA koʻrishingiz mumkin (Tenative Agenda).
  • Istalgan soha va davlat vakillari ariza topshiApplicants will be evaluated on their commitment to responsible leadership and passion for engaging with complex global challenges.rishi mumkin.
  • Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 24-oktabrga qadar qabul qiliinadi. Nomzodlar yakka tartibda yoki 3-5 kishilik jamoa sifatida quyidagi havolalar orqali ariza topshirshi mumkin:

Yakka tartibda ariza topshirganlar dasturga qabul qilinganda ishtirokchi boshqa 4 nafar ishtirokchi bilan jamoaga birlashtiriladi.

Jamoa tarzida ariza topshirishda jamoaning barcha ishtirokchilar qabul talablariga mos boʻlishi kerak. Ariza ham jamoaviy ariza sifatida koʻrib chiqiladi va jamoa saifatida ariza topshirganlar yakka tartibda ariza topshira olmaydi.

Nomzodlar masʼuliyatli yetakchilik va murakkab global muammolar bilan ishlashga boʻlgan ishtiyoqi asosida baholanadi va saralanadi.

Dasturga qabul qilinganlar 2021-yil 1-noyabrda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.

2020-yildagi GLC dasturi haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!