Maqsad:
- Xalqaro Yetakchilar Harakati Jorj Vashington Universiteti tominidan chet ellik bakalavr bitiruvchilariga (magistratura va doktorantura uchun) beriladi.
- Bu talabalar ta’lim olganlaridan keyin o`z vatanlariga qaytishlari va orttirgan bilim va ko`nikmalarini u yerdagi muammolarni hal qilishda qo`llashlari shart.
- Bu Harakat avval AQSh hududida ta’lim olmagan yoki ishlamagan talabalar uchun.
Talabalar faqat F-1 (Fullbright granti g`oliblariga J-1 mumkin) vizasiga ega bo`lishlari kerak.
Talabalar magistratura yoki doktoranturaga Foggy Bottom kampusi hududidagi universitetlarga o`qishga qabul qilingan bo`lishlari kerak. Foggy Bottom kampusi hududida quyidagi universitetlar joylashgan:
- College of Professional Studies
- Columbian College of Arts and Sciences
- Elliott School of International Affairs
- Graduate School of Education and Human Development
- School of Business (Executive Education program is not eligible)
- School of Engineering and Applied Science
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
2017-2018 o`quv yiliga jami 18 kredit soatini qoplovchi uchta grant beriladi. Kitoblar, yashash, va shu kabi boshqa harajatlar nomzodning o`zi tomonidan qoplanishi kerak. Ushbu grant har yili yangilanadi va magistrantlarga maksimum 3 yil, doktorantlarga maksimum 5 yil muddatga beriladi. Yangilanish grant sohibining o`qish baholariga bog`liq (GPA 3.0 va undan yuqori).
Granti faqat bitta bosqich (magistratura yoki doktorantura) ni o`qish uchun olish mumkin xolos. Grant faqat kuzgi va bahorgi semestrlar uchun beriladi. Yozgi semestrlar uchun grant masalasi muhokama ostida.
Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:
Xitoy (XXR), Kambodjia, Sharqiy Yevropa, Laos, Lotin Amerikasi, Karib dengizi hududi, Mo`g`uliston, Sahroi Kabir Afrikasi, MDH mamlakatlari, VyetnamTalablar:
Talabalar Ingliz tili bilimi bo`yicha IELTS 7.5 yoki TOEFL 100 (internet imtihonida) / 600 (qog`oz imtihonida) ko`rsatkichlariga ega bo`lishlari kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi.
Arizani qanday to’ldirilishi haqida ushbu qo’llanmadan javob topishingiz mumkin.
Universitetga qabul qilingan talabalar yakuniy qarorlarni 2017-yil 7-apreligacha oladilar.
Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.