×

Global Liderlar uchun Vashington universitetining stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

05.02.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1606 marta

Maqsad:

  • Xalqaro Yetakchilar Harakati Jorj Vashington Universiteti tominidan chet ellik bakalavr bitiruvchilariga (magistratura va doktorantura uchun) beriladi.
  • Bu talabalar ta’lim olganlaridan keyin o`z vatanlariga qaytishlari va orttirgan bilim va ko`nikmalarini u yerdagi muammolarni hal qilishda qo`llashlari shart.
  • Bu Harakat avval AQSh hududida ta’lim olmagan yoki ishlamagan talabalar uchun.

Talabalar faqat F-1 (Fullbright granti g`oliblariga J-1 mumkin) vizasiga ega bo`lishlari kerak.

Talabalar magistratura yoki doktoranturaga Foggy Bottom kampusi hududidagi universitetlarga o`qishga qabul qilingan bo`lishlari kerak. Foggy Bottom kampusi hududida quyidagi universitetlar joylashgan:

  • College of Professional Studies
  • Columbian College of Arts and Sciences
  • Elliott School of International Affairs
  • Graduate School of Education and Human Development
  • School of Business (Executive Education program is not eligible)
  • School of Engineering and Applied Science

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

2017-2018 o`quv yiliga jami 18 kredit soatini qoplovchi uchta grant beriladi. Kitoblar, yashash, va shu kabi boshqa harajatlar nomzodning o`zi tomonidan qoplanishi kerak. Ushbu grant har yili yangilanadi va magistrantlarga maksimum 3 yil, doktorantlarga maksimum 5 yil muddatga beriladi. Yangilanish grant sohibining o`qish baholariga bog`liq (GPA 3.0 va undan yuqori).

Granti faqat bitta bosqich (magistratura yoki doktorantura) ni o`qish uchun olish mumkin xolos. Grant faqat kuzgi va bahorgi semestrlar uchun beriladi. Yozgi semestrlar uchun grant masalasi muhokama ostida.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Xitoy (XXR), Kambodjia,  Sharqiy Yevropa, Laos, Lotin Amerikasi, Karib dengizi hududi, Mo`g`uliston, Sahroi Kabir Afrikasi, MDH mamlakatlari,  Vyetnam

Talablar:

Talabalar Ingliz tili bilimi bo`yicha IELTS 7.5 yoki TOEFL 100 (internet imtihonida) / 600 (qog`oz imtihonida) ko`rsatkichlariga ega bo`lishlari kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi.

Arizani qanday to’ldirilishi haqida ushbu qo’llanmadan javob topishingiz mumkin.

Universitetga qabul qilingan talabalar yakuniy qarorlarni 2017-yil 7-apreligacha oladilar.

Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!