×

Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 10 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!


Grant

MUHLAT

21.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

10123 marta

Navbatdagi Global Peace Photo Award fototanlovi uchun suratlar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov insonlarning dunyoda tinchlikni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlari hamda hayotimizdagi goʻzallik va ezgulikka boʻlgan intilishlarini aks ettiruvchi suratlarni oladigan dunyodagi barcha suratkashlarni eʼtirof etadi va qoʻllab-quvvatlaydi. Kelajagimiz birgalikda tinch-totuv yashashga bogʻliq ekanini eng yaxshi ifodalab bergan suratkashlar mazkur tanlov gʻolibi boʻladi.

Tanlov ishtirokchilar tinch va osuda hayotni oʻz suratlarida (ifodalab) koʻrsatib berishi kerak.

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha o’tkaziladi:

  1. Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar). Bu kategoriya boʻyicha har bir qatnashchi 1 ta yoki bir nechta (koʻpi bilan 20 ta) fotosuratni umumiy mavzuga ega boʻlmagan alohida ishlar sifatida yoki umumiy mavzuga ega hikoya (suratlar seriyasi) sifatida yuborishi mumkin.
  2. Kattalar (15 yosh va undan kattalar). Bu kategoriyaga boʻyicha har bir qatnashchi umumiy mavzuga ega boʻlmagan bitta yoki bir nechta fotosuratni alohida ish sifatida topshirishi mumkin. Shuningdek, 12 tagacha suratni umumiy mavzuga ega hikoya sifatda topshirish ham mumkin.

Bolalar kategoriyasi boʻyicha surat topshirayotganlarga tanlov mohiyati tushunarliroq boʻlishi uchun rasmlar nimani ifoda etishi yuzasidan tushuntirish ham berilgan. Bu tushuntirish quyidagicha:

“Tinchlikning koʻrinishi qanday? Bu juda oʻzgacha savol. Barchaning bu haqida oʻz fikrlari mavjud. Oʻzingizni ijobiy munosabatingizni suratlaringizda koʻrsating. Biz sining tinch-totuv hayotni qanday tasavvur qilishingizni koʻrishni xohlaymiz. Doʻstlaringiz va oilangiz bilan bir-biringizga gʻamxoʻr tarzda yashashi haqidagi qarashlaringizni biz bilan baham koʻring, tabiat bilan hissiy jihatdan qay tarzda bogʻlanganingizni bizga koʻrsating”.

Tanlovda qatnashish bepul.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’oliblari quyidagicha mukofotlanadi:

Kattalar kategoriyasi boʻyicha mukofotlar:

  • Eng yaxshi deb topilgan fotosurat (The Peace Image of the Year) egasi 10 000 yevro bilan taqdirlanadi.
  • Kuchli 5 talikdan joy olgan ishtirokchilar Alfred Fried Peace Medal medali bilan taqdirlanadi.
  • Barcha gʻoliblar 2023-yil 19-sentabr kuni Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Bunda borish-kelish va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan toʻlanadi.
  • Gʻolib fotosurat Avstriya parlamentida 1 yil davomida ilingan holda turadi va Avstiya parlamentning sanʼat kolleksiyasiga qoʻshiladi.

Bolalar kategoriyasi boʻyicha mukofotlar:

  • Eng yaxshi deb topilgan fotosurat (The Children’s Peace Image of the Year) egasi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
  • Gʻolib va uning ota-onasi 2023-yil 19-sentabr kuni Venada (Avstriya) boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Agar jmoa sifatida topshirilgan fotosurat(lar) gʻolib boʻlsa, jamoaning bitta aʼzosi va uning ota-onasi taqdirlash marosimiga taklif etiladi.
  • Gʻolib suratlar tanlov koʻrgazmasida namoyish etiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda istalgan yoshdagi, istalgan davlatdan bo’lgan fuqarolar oʻz yosh kategoriyasi boʻyicha qatnashishi mumkin. Shuningdek, tanlovda professional fotosuratchilar ham, havaskorlar ham qatnashishi mumkin.
  • Ariza topshirish vaqtida 15 yoshdan kichik boʻlganlar bolalar kategoriyasi boʻyicha qatnashadi. Shu sanada 15 yosh va undan katta boʻlganlar kattalar kategoriyasi boʻyicha qatnashadi.
  • Har bir topshirilgan ish (bitta surat yoki suratlar seriyasi/hikoyasi) uchun ingliz tilida izoh yoshilishi kerak. Izoh imkon qadar qisqa boʻlishi va izohdagi belgilar soni 2000 tadan oshmasligi kerak.
  • Boshqa tanlovlarda gʻolib boʻlgan yoki ishtirok uchun topshirilgan suratlarni ham ushbu tanlovga topshirish mumkin.
  • Olingan suratlar 2020-yil 1-apreldan keyin olingan boʻlishi kerak.

Topshiriladigan suratlarga qoʻyilgan texnik talablar:

  • Suratlar JPG formatida boʻlishi lozim.
  • Kattalar kategoriyasida suratlarning uzun tomoni 3000 pikseldan uzun boʻlishi kerak.
  • Bolalar kategoriyasida suratlarning uzun tomoni 1500 pikseldan uzun boʻlishi kerak.
  • Suratlarda oʻrnatilgan belgilar, logotiplar, ismlar, nomlar yoki hoshiya (ramka) boʻlmasligi kerak.

Har bir kategoriya boʻyicha talablar, boshqa kerakli maʼlumotlar bilan tegishli kategroya sahifasida tanishib chiqishingiz mumkin:

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun suratlar onlayn shaklda 2023-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

Suratlarni quyidagi havolalar orqali topshrishingiz mumkin (“Start submission” tugmasini bosing):

Suratlarni topshirishdan oldin roʻyxatdan oʻtib, hisob (akkaunt) ochish kerak (Creat a free account).

Tanlovning oldingi yillardagi gʻolib suratlari bilan BU YERDA tanishing.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollar bilan tanishib chiqing.

Ishlarni topshirish boʻyicha texnik savollaringiz boʻlsa, support@picter.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlov yuzasidan savollaringiz boʻlsa, contest@friedaward.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin (ingliz yoki nemis tilida).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!