×

Global STEM Leadership Scholarship Programme: Britaniyada magistraturani STEM sohasida oʻqish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.05.2024

QOLGAN VAQT

35 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1973 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan City University of London oliygohining Fan va texnologiyalar fakulteti (School of Science and Technology) STEM sohasi boʻyicha (Science, Technology, Engineering, Mathematics) magistraturada oʻqimoqchi boʻlganlar uchun Global STEM Leadership Scholarship Programme dasturini taqdim etadi.

Dasturda ushbu universitetning Fan va texnologiyalar fakulteti tarkibiga kiruvchi istalgan magistrlik kurslardan biriga ariza topshirganlar ishtirok etishi mumkin. Bu magistrlik kurslari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Grantlar 2024-yil sentabrda oʻqishni boshlash uchun taqdim qilinadi.

Grant kimlar uchun?

STEM sohasida magistraturada oʻqimoqchi boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida jami 25 ta qisman grantlar mavjud:

  • Kontrakt toʻlovining 75 foizi qoplanadi — 10 nafar;
  • Kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplanadi — 15 nafar.

ESLATMA: Magistrlik kurslari oʻqish kontrakt toʻlovi xalqaro talabalar uchun yiliga 21 800 funt-sterlingdan oshiqroq. Bundan tashqari, ishtirokchilar yashash, sugʻurta va boshqa xarajatlarni oʻzlari qoplashi lozim.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Nomzod Fan va texnologiyalar fakulteti tarkibiga kiruvchi istalgan magistrlik kurslardan biriga toʻliq kunduzgi ta’limda oʻqish uchun ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod akademik yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi hamda ijtimoiy faolligini isbotlay olishi kerak.
  • STEM sohasidagi tanlagan yoʻnalishining kelajakdagi ahamiyatini koʻrsata olishi lozim.
  • Nomzod oʻzi tanlagan magistrlik kursining qabul talablariga, jumladan, til talablari mos boʻlishi kerak. Magistrlik kurslari uchun IELTS 6,5 yoki TOEFL 92 darajaga talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu grant dasturiga arizalar 2024-yil 31-maygacha qabul qilinadi. Grantga arizalar BU YERDA onlayn ariza topshiriladi.

Eslatma: Grantga ariza topshirishdan avval Fan va texnologiyalar fakultetidagi biror magistrlik kursiga ariza topshirish va qabul qilinish lozim. Magistrlik dasrturlariga qabul 2024-yil avgust oyi oxirigacha qabul qilinadi, lekin bu grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlar 2024-yil may oyi oxirigacha oʻzi tanlagan magistrlik kursiga qabul qilinishi va ID raqam olgan boʻlishi kerak. Shu sababli, imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.

Magistrlik dasturlariga qabul jarayoni bilan tanishish uchun BU YERDA oʻzingizga kerakli yoʻnalish sahifasiga kiring va “How to apply” boʻlimi bilan tanishing.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Dastur boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan SSTPGTAdmissions@city.ac.uk email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!