×

Barqaror elektr energiyasi: Magistratura uchun 23 ming AQSH dollari grant; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

08.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2366 marta

Global Sustainable Electricity Partnership tashkiloti 2019-2020 yil uchun dunyoning istalgan universitetining energetika yoʻnalishlarida Barqaror elektr energiyasi sohasidagi muammolarni hal etish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni istagan izlanuvchilar uchun 2019 SCHOLARSHIP dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant 10 tagacha talabalar uchun moʻljallangan va ikki yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Elektr energiysi sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki yilgacha kontrakt toʻlovi uchun yiliga 23 000 AQSH dollari mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha rivojlanayotgan davlatlar vakillari ariza bera oladilar (oʻzbekistonliklar ariza topshira oladi).
  2. Dunyoning istalgan davlatida joylashga universitetlardan birining energetika boʻyicha magistratura dasturiga birinchi kursga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega (kuchli 20% likka kirgan) boʻlishi zarur.
  4. Barqaror elektr energiyasi sohasi boʻyicha kuchli bilim sohibi boʻlishi lozim.
  5. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Jamoatchilik ishlarida qatnashgan va oʻz ustida ishlashga tayyor boʻlishi zarur.

Nomzodlarni saralash quyidagi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi:

  • liderlik va kommunikativ koʻnikmalar;
  • maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy ishlarda qatnashganligi;
  • akademik malakasi va oʻqishdan tashqari faolligi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza to’ldirish jarayonida quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

  1. Pasport nusxasi yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma.
  2. Rezyume.
  3. Oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi hujjat nusxasi. Agar bu hujjat dedlayndan keyin olinsa, 2019-yilning 19-aprelidan kechikmay scholarship@globalelectricity.org manziliga joʻnatish kerak.
  4. Oʻquv rejasi yoki dasturlar (oʻqishga qabul qilingan sohada oʻrganiladigan).
  5. Diplom va diplom ilovasi (baholar varagʻi).
  6. Akademik soʻrovnoma. Soʻrovnoma shakli: SHU YERDA.
  7. Tavsiyanomalar.

Hujjatlar tarkibi va ariza topshirish haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi shart.

Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.

Grant natijalari nomzodning akkauntida eʼlon qilinadi yoki elektron pochtasiga xat orqali xabar yuboriladi. 2019-yil may oyida saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar roʻyxati tashkilot rasmiy saytida chop etiladi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil: Global Sustainable Electricity Partnership General Secretariat
World Trade Centre Montreal393 Saint-Jacques StreetSuite 258
Montreal QC H2Y 1N9CANADA

Telefon: +1 514-392-8876
Faks: +1 514-392-8900

Elektron manzil: scholarship@globalelectricity.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!