×

Global Teacher Prize 2020: Oʻqituvchilar uchun tanlov; taqdirlash marosimi Dubayda; bosh sovrin – BIR MILLION AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

22.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

4025 marta

Bolalar ta’limi sifatini oshirish va oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan Varkey Foundation tashkiloti 2020-yilgi Global Teacher Prize tanlovi uchun hujjatlar qabul qilmoqda. Dasturda dunyoning istalgan davlatida 5-18 yoshli bolalarga ta’lim berayotgan oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Ushbu tanlov maqsadi – oʻqituvchilik kasbining ahamiyatini oshirish/tan olish va oʻqituvchilarni oʻz kasbini sevish hamda oʻrgatishga boʻlgan ishtiyoqini oshirish uchun ragʻbatlantirish.

Grant kimlar uchun?

Oʻqituvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu tanlovda gʻolib deb topilgan oʻqituvchi 1 million AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi. Bu mablagʻ gʻolibga 10 yil davomida har yili 100 ming AQSh dollaridan berib boriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Nomzod 5-18 yoshli oʻquvchilarga ta’lim beruvchi oʻqituvchi boʻlishi lozim.
  3. Toʻliq stavkada ishlayotgan oʻqituvchilar ham, yarim stavka oʻqituvchilik qilayotganlar ham ushbu tanlovga hujjat topshirishi mumkin.
  4. Nomzod haftasiga kamida 10 soat oʻquvchilarga yuzma-yuz dars oʻtishi va keyingi 5 yil davomida oʻqituvchilik faoliyatini davom ettiri kerak.
  5. Nomzod oldingi tanlovda goʻlib boʻlmagan, shuningdek, kuchli oʻnlikka kirmagan boʻlishi kerak.
  6. Nomzod sudlanmagan boʻlishi lozim.
  7. Agar gʻolib tomonidan hujjatlar qalbakilashtirilgani yoki tanlov qoidalarini boshqacha tarzda buzish orqali gʻolib boʻlganligi aniqlansa, unga mukofot mablagʻini berish toʻxtatiladi va berilgan mablagʻ sud orqali qaytarib olinadi.
  8. Nomzod gʻoliblikni qoʻlga kiritganidan soʻng oʻqituvchilik maqomiga toʻgʻri kelmaydigan hatti-xarakatlarni sodir etmasligi kerak.
  9. Nomzod Varkey Foundation tashkiloti bilan nizoga bormasligi lozim.
  10. Nomzod tashkilot tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi kerak.
  11. Nomzod keying 5 yil davomida 5-18 yoshli oʻquvchilarga ta’lim berishda davom etishi (gʻolibning davlatidagi pensiyaga chiqish yoshi asosida pensiyaga chiqishi bundan mustasno) talab qilinadi.
  12. Nomzod ta’lim sohasida Varkey Foundation’ning vakili boʻlishi va tashkilot tomonidan ta’lim sifatni oshirishga qaratilgan harakatlarda faol qatnashishi (tadbirlarda qatnashish, turli kanallarda intervyu berish va hk) kerak.
  13. Tashkiot tomonidan oʻtkaziladigan va gʻolib qatnashishi kerak boʻlgan tadbirlarga qatnashish uchun ketadigan barcha xarajatlar tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Bunday tadbirlarga gʻolib ish vaqtida jalb qilinmaydi. Faqat ta’tilda payti yoki dam olish kunlari jalb qilinishi mumkin.

Nomzodga qoʻyilgan talablar bilan toʻliq shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 22-sentabrgacha qabul qilinadi. Hozir qabul yopiq. Ariza topshirish 2019-yil 1-avgustdan ochiladi.

Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Arzia topshirish uchun nomzod tanlov veb-saytiga tashrif buyurishi va roʻyxatdan oʻtishi kerak.
  2. Bundan keyin barcha soʻralgan hujjatlar topshiriladi.
  3. Ariza shakli va boshqa barcha kerakli hujjatlar bilan shu yerda

Tanlov jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Arizalar topshirish muhlati tugagandan keyin hakamlar hay’ati 50 ta munosib nomzodni tanlab oladi. Ushbu bosqichda faqatgina shu 50 ta nomzodga keying bosqichga oʻtganligi haqida email orqali xabar qilinadi.
  • Keyingi bosqichda Tanlov Qoʻmitasi 2019-yilning noyabr oyida 10 nafar finalistlarni aniqlab beradi.
  • Keyingi bosqichda The Global Teacher Prize akademiyasi a’zolari onlayn ovoz berish orqali gʻolibni aniqlab beradi.

Gʻolib 2020-yil Dubayda boʻlib oʻtadigan  Global ta’lim va mahorat forumida e’lon qilinadi.

Murojaat uchun: press@globalteacherprize.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!