Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo‘yicha global dasturi (Global UGRAD) Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistondan 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan talabalar uchun Qo‘shma Shtatlarda bir semestr (yarim yil) to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan o‘qish imkoniyatini yaratib beradi. Birinchi kurs talabalari ikki yillik jamoat kollejlarida o‘qiydi va kampus turarjoylari (yotoqxonalar) yoki Amerika mezbon oilalarida yashaydi. Barcha boshqa talabalar to‘rt yillik universitet va kollejlarda o‘qiydi va kampus turarjoylarida (yotoqxonalar) yashaydi. Yigit-qizlar AQShda qaysi universitet/kollej yoki jamoat kollejida o‘qishni tanlay olmaydi.
Grant muddati: Bir semestr (ilmiy daraja berilmaydi)
Barch ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’qiydiganlar topshirishi mumkin. Ayrimlar o’qish boshlanishidan oldin bir semester ingliz tilini o’rganish kursiga ertaroq olib ketilishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
BAKALAVRLIKNING 1, 2, 3 VA 4-KURS TALABALARI UCHUN
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
O’qish, yashash, sayohat va tibbiy sug’urta xarajatlari to’liq qoplanadi
Talablar:
Nomzodlar irqi, rangi, dini, milliy kelib chiqishi yoki jinsidan qat’i nazar, ko‘rib chiqiladi. Talabalar almashish bo‘yicha global dastur uchun tanlov erishilgan natijalarga asoslanadi va quyidagi kishilar uchun ochiq:
- Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekiston mamlakatlarining qonuniy pasportlariga ega bo‘lgan fuqaro, jismoniy shaxs yoki doimiy rezident;
- ayni paytda quyidagi ariza berish huquqini beradigan mamlakatlarda yashab turganlar: Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina yoki O‘zbekiston;
- ariza berish vaqtida ariza berish huquqini beradigan 12 ta mamlakatdan birining davlat ro‘yxatidan o‘tgan o‘quv yurtining birinchi, ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi kursida yaxshi o‘qiyotgan talaba. Barcha talabalar (jumladan, 4-kurs talabalari ham Global UGRAD dasturi tugagandan so‘ng kamida bir to‘liq muddat (semestr yoki yil) o‘z mamlakatidagi ta’lim olayotgan o‘quv yurtiga qaytishi shart;
Qo‘shma Shtatlarga safar qilayotgan chog’da (avgust-sentabr, 2017-yil) kamida 18 yoshda bo‘lganlar; - to‘liq arizaning asl nusxasini va ariza berish muddati tugaguncha barcha talab qilingan hujjatlarning ikkitadan nusxasini topshiradi;
2017-yil kuzida Qo‘shma Shtatlarda o‘quv almashuvini boshlash imkoniga ega bo‘lganlar; - AQShning J-1 vizasini olib, uni qo‘llab-quvvatlab turuvchilar;
- dasturning to‘liq hajmini tugatish uchun jismonan baquvvat yigit-qizlar;
dasturni tugatgandan so‘ng o‘z vataniga qaytib keluvchilar; - ariza berayotgan vaqtda og‘zaki va yozma inglizchani juda yaxshi biluvchilar.
Shaxslar quyidagi holatlarda Talabalar almashish bo‘yicha global dasturga ariza berish huquqiga ega bo‘lmaydilar:
- AQSh fuqarolari va Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashovchilar;
- ayni paytda Qo‘shma Shtatlardagi o‘quv, trening va tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgan shaxslar;
- ayni paytda ariza berish huquqini beradigan 12 ta mamlakatdan tashqarida o‘qiyotgan, yashayotgan yoki ishlayotgan shaxslar;
olti haftadan oshiq muddatda AQSh hukumati homiylik qilgan yoki mablag‘ bilan ta’minlagan almashuv ishtirokchisi dasturida qatnashgan shaxslar va ariza berish vaqtida ikki yil to‘liq yashash talabini bajarmaganlar; - so‘nggi uch yil davomida AQShda doimiy yashash uchun ariza bergan shaxslar;
- AQShning Davlat departamenti va/yoki AQSh Xalqaro rivojlanish agentligi (YuSAID) tarkibiga kiruvchi chet ellardagi missiyalarida ishlayotgan mahalliy xodimlar. Xodimlar xizmat muddati tugagandan so‘ng bir yil davomida ariza berish huquqiga ega emas;
- AQSh Davlat departamenti va YuSAID xodimlarining yaqin oila a’zolari (ya’ni umr yo‘ldoshlari va farzandlari). Oila a’zolari ham xizmat muddati tugagandan so‘ng bir yil davomida ariza berish huquqiga ega emas;
- Sodir etgan jinoyati uchun hibsga olingan, ayblanayotgan va javobgarlikka tortilgan kishilar (mayda yo‘l harakati qoidabuzarliklari bundan mustasno).
- Uchinchi kurs talabalari ham endi dasturga ariza berishi mumkin. To‘rtinchi kurs talabalari ham Global UGRAD dasturini tugatgandan so‘ng mamlakatidagi o‘zi o‘qiyotgan o‘quv yurtiga kamida bir semestr qaytib kelish sharti bilan ariza berish huquqiga ega.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza topshirish muhlati va tartibi:
Hujjatlar 2017-yil 1-yanvargacha topshirilishi lozim. Hujjatlar internet orqali SHU YERDAN topshirishkerak.
Hujjat topshrish tartibi va yo’l-yo’riqlari haqidagi ma’lumotlar SHU YERDA.
Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni Tashkent-Program@state.gov elektron pochta manziliga yo‘llang. Bunda elektron pochta xabarlari mavzusiga “QUESTIONS: Global UGRAD” deb yozishni unutmang.
AQSh elchixonasida dastur bo’yicha quyidagi kunlar savol-javob uchrashuvlari o’tkaziladi:
16-noyabr 17:30da;
30-noyabr 17:30da;
14-dekabr 17:30da;
21-dekabr 17:30da.
Bu uchrashuvlarda qatnashish uchun to’liq ism-familiyangiz, tug’ilgan joyingiz va vaqtingiz hamda pasport nomeringizni Tashkent-Program@state.gov elektron pochtasiga uchrashuv kunidan kamida ikki kun avval jo’natishingiz kerak. Sarlavhaga “Consultation Meeting: Global UGRAD” deb yozishni unutmang.