×

Global Water Award: mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan suv muammolari boʻyicha tanlov!


Grant

MUHLAT

30.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

3129 marta

Birlashgan Arab Amirliklaridagi Suqia loyihasi Mohammed bin Rashid Al Maktoum Global Water Award tanlovining navbatdagi soniga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur tanlovga Jahon Sogʻliqni Saqlash tashkiloti yoʻriqnomasiga muvofiq boʻlgan toza ichimlik suvini ishlab chiqaruvchi, tarqatuvchi, saqlovchi, monitor qiluvchi, tuzsizlantiruvchi va suvni tozalovchi texnologiyalarni ishlab chiqqan talabalar, jismoniy shaxslar, tashkilotlar hamda tadqiqot muassasalari oʻz ishlarini taqdim eta oladi. Shuningdek, mazkur texnologiyalar qayta tiklanuvchi energiya yordamida quvvatlanishi lozim.

Navbatdagi tanlovda quyidagi kategoriyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:

  • Innovative Projects Award – Small Projects
  • Innovative Projects Award – Large Projects
  • Innovative Research and Development Award – National Institutions
  • Innovative Research and Development Award – International Institutions
  • Innovative Individual Award – Innovative Youth
  • Innovative Individual Award – Distinguished Researcher
  • Innovative Crisis Solutions Award

Grant kimlar uchun?

Talabalar, jismoniy shaxslar, tashkilotlar va tadqiqot muassasalari

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur tanlov uchun umumiy miqdorda 1 million AQSH dollari ajratilgan. Tashkilotchilar loyihalarni koʻrib chiqib, gʻoliblarni aniqlagach, har bir gʻolibga qancha miqdorda mablagʻ berilishini eʼlon qilinadi.

Shuningdek, gʻoliblarning taqdirlash marosimi uchun BAAga borishi hamda marosim davomida u yerda yashashi xarajatlari Suqia tomonidan qoplanadi. Bunda gʻolib tashkilotlardan 2 kishi, yakka tartibda topshirilgan loyiha uchun 1 kishining xarajatari qoplanadi. Yakka tartibda qatnashgan shaxs 18 yoshgan kichik boʻlsa, u 1 nafar vasiy bilan tashrif buyurishi mumkin (vasiyning ham xarajatlari qoplanadi).

Talablar:

Tanlovda ishtirok etish bepul. Tanlovga istalgan davlatdan boʻlgan talabalar, jismoniy shaxslar, tashklotlar yoki tadqiqot muassasalari loyiha / ish / tashabbusini topshirishi mumkin.

Shuningdek, topshiriladigan loyihalar tegishli kategoriya boʻyicha topshirilishi va ingliz tilida boʻlishi lozim.

Loyihaga va hujjat topshirish jarayoniga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.

Bundan tashqari, har bir kategoriyaga topshirilgan ishlarni baholash mezonlari mavjud. Ushbu mezonlar bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2021-yilning 30-apreliga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun dastlab tanlovning onlayn portalida roʻyxatdan oʻtish lozim (“Please register here” tugmasini bosib roʻyxatdan oʻting).

Roʻyxatdan oʻtilgach, ariza shakli ochilar. Ariza shaklidagi har bir majburiy boʻlim toʻldirilishi lozim. Arizani bir kirishda toʻldirish shart emas, maʼlum qismini toʻldirib, chiqib ketish va keyinchalik kirib qolganini toʻldirish mumkin. Ariza topshirilgandan keyin (Submit) ariza shakliga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi.

Shuningdek, ariza toʻldirish jarayonida arizada soʻralgan hujjatlar ham ilova qilinishi lozim.

Ariza toʻldirishni boshlashdan oldin quyidagilar bilan albatta tanishib chiqing:

Koʻp beriladigan savollar
Baholash mezonlari
Ariza topshirish yoʻriqnomasi hamda qoida va shartlar

Savollar yoki ariza topshirish jarayonidagi texnik muammolar yuzasidan award@suqia.ae elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!