×

Global Youth Convention: Marokashda 4 kunlik yoshlar forumi; 25 ta toʻliq grant oʻrni mavjud!


Grant

MUHLAT

06.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Marokash

O'QILGAN

9472 marta

AQSHda joylashgan Headway Institute of Strategic Alliance (HISA) BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha Global yoshlar forumini tashkil etmoqda. Forum 2023-yil 17-20-may kunlari Marokashning Kasablanka shahrida boʻlib oʻtadi.

Bu forum talabalar va mutaxassislarni iqlim oʻzgarishi, ta’limning ahamiyati va yoshlarni muvaffaqiyatli ijtimoiy tadbirkor sifatida oʻz hamjamiyatiga hissa qoʻshishi uchun qay tarzda imkoniyatlar yaratish haqida fikr almashishga jalb qilish uchun moʻljallangan.

Forum spikerlar maʼruzalari, interaktiv seminarlar, panel muhokamalari va tarmoq tadbirlaridan iborat boʻladi. Ishtirokchilar soʻnggi tendensiyalar va strategiyalar haqida tushunchaga ega boʻladi, yangi koʻnikmalarni oʻzlashtiradi.

Tadbirda muhokama qilinadigan asosiy mavzular quyidagilardan iborat:

  1. Iqlim oʻzgarishiga moslashish strategiyalari.
  2. Taʼlimning ahamiyati.
  3. Adolatli rivojlanish.
  4. Yoshlar rahbarligidagi hamkamiyat loyihalari uchun moliyaviy inklyuzivlik.
  5. Barqaror rivojlanish maqsadlari.

Tadbir mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan katta barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadbirda qatnashish pulli, biroq 25 nafar ishtirokchi uchun toʻliq grant ajratiladi. Ushbu toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Taklifnoma/viza yordami xati.
  • Marokashga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
  • 4 yulduzli mehmonxonadan bepul xona ajratiladi (mehmonxona xonasi boshqa ishtirokchi bilan birga turiladi).
  • Aeroportdan tadbir manziliga olib kelish va qayta aeroportga olib borish taʼminlanadi.
  • Butun forum davomida oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Forum uchun kerakli materiallar taʼminlanadi.
  • Tadbirda nutq soʻzlash/chiqish qilish imkoniyati beriladi.
  • Hukumat vakillari bilan netvorking tushligi tashkillashtiriladi.

Shuningdek, nomzodlar tadbir haqini oʻz yonidan toʻlagan holda qatnashishi mumkin. Tadbirda oʻz yoningizdan qatnashsangiz, 499 AQSH dollari toʻlashingiz kerak. Oʻz yonidan qatnashuvchi ishtirokchilar grant asosida qatnashuvchi ishtirokchilarga berilgan deyarli barcha imtiyozlarga ega boʻladi, faqat borish va qaytish uchun aviachiptani oʻzlari sotib olishi kerak. Oʻz yonidan toʻlab qatnashish uchun 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Shuningdek, tadbirda onlayn qatnashish ham mumkin.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzodlar 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Istalgan davlat fuqarosi ariza topshirishi mumkin.
  • Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan yoki ishlayotgan nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish lozim. Lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.
  • Yangi gʻoyalar ishlab chiqish ishtiyoqiga ega boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

ArizalarOʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 6-aprel, soat ertalabki 9:00 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun BU YERGA kirib, qay tarzda qatnashmoqchi ekaningizni (Fully funded – toʻliq grant asosisa; Self-funded – oʻz yonidan toʻlab; Virtual delegates – onlayn) tanlashingiz va shunga mos arizani toʻldirishingiz kerak.

Toʻliq grant asosida qatnashmoqchi boʻlganlar ariza topshirish vaqtida 12,5 AQSH dollari miqdorida ariza badalini toʻlashi kerak. Bu badal tadbirga qabul qilinish yoki qilinmasligingizdan qatʼi nazar qaytarilmaydi.

Grant asosida ariza topshirganlarning saralash natijalari 2023-yil 15-aprel kuni eʼlon qilinadi.

Onlayn ariza toʻldirish vaqtida soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va kerakli hujjatlarni yuklash kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tadbirning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!