×

Global Youth Summit: 18-24 yoshlilar uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanuvchi 8 kunlik sammit; joy – 140 ta!


Grant

MUHLAT

13.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

8984 marta

2023-yilning 19-26-iyul kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan Xalqaro yoshlar markazida 1-global yoshlar sammiti oʻtkazilmoqda (Global Youth Summit). Sammitga Janubiy Koreyadan 20 nafar, boshqa davlatlardan esa 120 nafar, jami 140 nafat delegat (ishtirokchi) qabul qilinadi.

Mazkur sammit Janubiy Koreyaning Gender tenglik va oila vazirligi, Koreyadagi Yoshlar tashkilotlari milliy kengashi va Koreya taʼlim psixologiyasi uyushmasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Ushbu sammitning bu yilgi asosiy mavzusi: Harmony of Global Youths Towards a Sustainable Future (Global yoshlarning barqaror kelajak sari uygʻunligi).

Asosiy mavzudan tashqari, quyidagi 5 ta kichik mavzu ham mavjud:

  • Health (salomatlik)
  • Digital Tech & Educatin (raqamli texnologiyalar va taʼlim)
  • Society (jamiyat)
  • Culture (madaniyat)
  • Environment (atrof-muhit)

Ishtirokchilar guruhlarga boʻlingan holda shu 5 ta mavzuni muhokama qiladi, mavzular boʻyicha tavsiyaviy takliflarni ishlab chiqadi va ularni taqdim qiladi. Shuningdek, dastur doirasida ishtirokchilar mavzuga oid turli sayyohlik joylari va tashkilotlarga tashrif buyuradi.

Shuningdek, ishtirokchilar sammitdan avvalgi va keyingi onlayn mashgʻulotlarda ham qatnashishi kerak.

Sammit masgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-24 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi;

  • Ishtirok etish mutlaqo bepul.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
  • Ichki transport va tibbiy sugʻurta xarajatlari, shuningdek, sammitda ishtirok etishga oid boshqa arajatlar qoplanadi.
  • Janubiy Koreyaga boshqa davlatdan borib qatnashuvchi ishtirokchilarga safar xarajati uchun 300 AQSH dollari miqdorida mablagʻ beriladi. Bu mablagʻ dasturning oxirgi kunida (26-iyul) faqat barcha mashgʻulotlarga qatnashgan ishtirokchilarga beriladi.
  • Ishtirokchilarga turli suvenirlar va Koreya hukumati (vazirlik) nomidan maxsus sertifikat beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Sammitga istalgan mamlakatdan boʻlgan 18-24 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar ingliz tilida sammitning boshqa ishtirokchilari bilan asosiy mavzuni erkin muhokama qila oladigan darajada bilishi kerak (ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi).
  • Dasturning barcha mashgʻulotlari, jumladan, sammitdan avvalgi va keyingi onlayn mashgʻulotlarda ishtirok etish lozim.
  • Sammitning asosiy mavzusiga oid tajribaga ega yoki asosiy mavzuga aloqador turli mashgʻulotlarga qatnashgan nomzodlarga qabul jarayonida ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekistin vaqti bilan 2023-yil 12-iyun 19:59 gacha qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuqorida koʻrsatilgan muddatga qadar international@koreayouth.net email manziliga yuborishi lozim:

  • Ariza shakli (Application Form). Ariza shakli toʻldirilishi va unga nomzodning selfisi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatga moslangan rasm oʻlchamidagi surati ham kiritilishi kerak. MUHIM: Ariza shakli Excel formatida va quyidagi 4 ta boʻlimdan (sheet) iborat: Guideline, Application, Essay, Consent Form. Dastlab “Guideline” boʻlimini yaxshilab oʻqib chiqing. Keyin “Application” boʻlimida shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritasiz. Soʻng “Essay” boʻlimida 3 ta insho yozish kerak boʻladi. Undan keyin “Consent Form” boʻlimida muayyan shartlarga rozilik bildirishingiz va “Agree” katakchasini belgilashingiz kerak.
  • Vatanga qaytish qasamyodi (Homecoming Oath). Bu hujjat nomzod tomonidan imzolanishi kerak.
  • Xorijga chiqish pasporti nusxasi. Hali pasportga ega boʻlmagan nomzodlar ham ariza topshira oladi, lekin nomzod sammitga borish maqsadida aviachipta sotib olish uchun xorijga chiqish pasportiga ega boʻlishi lozim. Shu sababli, hali bunday pasportga ega boʻlmasdan ariza topshirganlarga xorijga chiqish pasportiga ham darhol ariza berish qattiq tavsiya etiladi.

Ariza shakli va Vatanga qaytish qasamyodi shaklini BU YERDAN (sahifa oxiriga tushing) yuklab olishingiz mumkin.

Nomzodlar ariza shaklida ifoda etilgan motivatsiyasi, asosiy va kichik mavzuga oid yozgan insholari, shuningdek, ingliz tilini bilish darajasi (ingliz tili yozilgan insholar asosida baholanadi) asosida saralab olinadi.

Natijalar email orqali xabar qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon va qabul qoʻllanmasini batafsil oʻqib chiqing. Qabul qoʻllanmasini BU YERDAN yuklab oling (sahifa oxiriga tushing: Guidebook_for_participants fayli).

Savollar yuzasidan international@koreayouth.net email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!