×

Gollandiya : Magistratura bosqichi uchun 11 ming yevrogacha grant


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

3556 marta

Gollandiyada joylashgan The Amsterdam Business School magistratura bosqichining MSc in International Finance (MIF) yo’nalishida  o’z o’qishini davom ettirmoqchi bo’lgan butun dunyo talabalarini MIF GMAT –based Waiver  grant dasturiga etishga taklif etadi. Grantlar GMAT  testidan yuqori ball to’plagan qobiliyatli talabalarga beriladi. MIF GMAT–based Waiver grantidan asosiy maqsad Universitetning shu kursiga o’qishga kirgan, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MIF GMAT –based Waiver dasturi asosida grant yutib olgan nomzodlar dastur talablariga munosibligiga qarab 1000 yevrodan 11000 yevrogacha bo’lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

Grant dasturida ishtirokchi etmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Nomzodning GMAT testidan to’plagan bali 640 dan kam bo’lmasligi lozim. Agarda nomzod GMAT o’rniga GRE sertifikatiga ega bo’lsa , GRE sertifikati bahosi GMAT sertifikatiga tenglashtirib qabul qilinadi.
  • Nomzod The Amsterdam Business Schoolning MSc in International Finance magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi lozim. MSc in International Finance yo’nalishining qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqshingiz mumkin.
  • Nomzod ingliz tilidan quyidagicha talablarga javob berishi lozim: qabul va grant uchun TOEFL dan kamida 100 ball yoki IELTS dan 7 ball talab etiladi. Agarda nomzod ta’lim tili ingliz tilida bo’lgan bakalavr bosqichini tugallagan bo’lsa yoki xalqaro talabga javob beruvchi ingliz tilida yuritilgan 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lsa yuqorida qayd etilgan til talablaridan ozod etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

MIF GMAT–based Waiver grantini yutib olish uchun alohida ariza berish shart emas. MSc in International Finance kursiga onlayn ariza topshirishda shu grant uchun nomzodlikka qo’yilishni xohlashinigizni ko’rsatib o’tish yetarli. Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Passport
  • 1 betli Rezyume
  • 300 so’zdan iborat motivatsion xat
  • Bakalavr diplomi hamda ilovasi
  • GMAT yoki GRE sertifikati
  • Ingliz tilini darajani belgilovchi IELTS yoki TOEFL sertifikati

MSc in International Finance kursiga hujjat topshirishning oxirgi sanasi 30-iyun 2019-yil. Ammo xorijlik talabalardan viza masalasida muammo bo’lmasligi uchun  belgilangan muddatdan 2 oy oldin hujjat topshirish so’raladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun  Admission-mif@uva.nl  va admission-MIF@uva.nl elektron manzillariga yoki +31(0)205254056 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!