×

Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha bo’lganlar uchun insholar tanlovi; yutuq – pul mukofoti va sertifikat!


Grant

MUHLAT

15.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

55582 marta

Yaponiyaning Goi tinchlik fondi (Goi Peace Foundation) 25 yoshgacha bo’lganlar uchun navbatdagi insholar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlov fond tomonidan har yili o’tkaziladi va dunyo yoshlari orasida madaniy jihatdan hamjihatlik hamda barqaror rivojlanish kabi ijobiy g’oyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, tanlov jamiyatni yoshlarning gʻoyalaridan oʻrganishga va har bir insonni qay tarzda dunyoda oʻzgarish qila olishi haqida oʻylashga ilhomlantirishni ham oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Tanlovga insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida qabul qilinadi.

Tanlov qatnashchilari 2 kategoriyaga bo’linadi:

  1. Bolalar kategoriyasi. Ushbu kategoriya bo’yicha 14 yoshgacha (2024-yil 15-iyun holatiga ko’ra) bo’lgan bolalar o’z insholarini topshirishi mumkin.
  2. Yoshlar kategoriyasi. Ushbu kategoriya bo’yicha 15-25 yoshli (2024-yil 15-iyun holatiga ko’ra) yoshlar o’z insholarini topshirishi mumkin.

Tanlov mavzusi: 2024-yilgi tanlovda insho “My Experience of Overcoming Conflict (Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam)” mavzusida yozilishi kerak. Unda muallif quyidagi savollarga javob berishi kerak: Conflicts occur for a variety of reasons, including differences in opinions and values. Have you ever had an experience of overcoming a conflict that you were involved in? What did you learn from that experience? How do you want to make use of what you learned, for your own life and for society? (Tarjimasi: Ziddiyatlar turli sabablar, jumladan, fikrlar va qadriyatlardagi farqlar tufayli yuz beradi. Siz hech oʻzingiz ishtirok etgan ziddiyatni yengib oʻtish tajribasini boshdan kechirganmisiz? Bu tajribadan nimani oʻrgangansiz? Bundan oʻrganganlaringizdan shaxsiy hayotingiz va jiamiyat uchun qanday foydalanmoqchisiz?

Eslatma:Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam” – bu tanlovning mavzusi. Insho uchun ishtirokchi oʻzi istagan nomni qoʻyishi mumkin, inshoning mazmuni yuqorida keltirilgan savollarni qamrab olsa boʻldi.

Grant kimlar uchun?

25 yoshgacha bo'lgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bolalar va yoshlar kategoriyasi bo’yicha g’oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  1. 1-o’rin (1 nafardan) – diplom, esdalik sovg’asi va 100 ming yen (taxminan 660 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan;
  2. 2-o’rin (3 nafardan) diplom, esdalik sovg’asi va 50 ming yen (taxminan 330 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  3. 3-o’rin (5 nafar) – diplom va esdalik sovg’asi.
  4. O’ziga xos insholar egalari (25 nafar) – diplom va esdalik sovg’asi.
  5. 1-3-o’rinni olganlar g’oliblarning onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan Gʻoliblar uchrashuvi marosimiga taklif etiladi.
  6. Best School Award, School Incentive Award kabi qo’shimcha mukofotlar ham berilishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari tanlovning saytida 2024-yil 31-oktabrda eʼlon qilinadi hamda diplom va esdalik sovgʻalari 2025-yil yanvar oyida sovrindorga pochta orqali yuboriladi.

Talablar:

Nomzod 2023-yilning 15-iyuniga qadar ko’rsatilgan kategoriyalar bo’yicha belgilangan yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.

Ishnoga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Insho ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi kerak.
  • Insho yapon tilida bo’lsa, eng ko’pi 1600 ta belgidan; qolgan tillarda bo’lsa, 700 ta so’zdan oshib ketmasligi kerak. Soʻzlarni sanashda insho nomi va ishtirokchi ismi hisobga olinmaydi.
  • Insho kompyuterda yozilishi kerak va 1-sahifaning yuqori qismida ishtirokchining ism-familiyasi hamda insho nomi keltirilishi lozim. Shuningdek, insholar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
  • Insholarni yozish formati (shrift, font va hk) uchun alohida talab belgilanmagan, lekin insholar Word (DOC/DOCX) yoki PDF shaklida topshirilishi lozim.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshira oladi.
  • Insho ko’chirilmagan va chop etilmagan bo’lishi kerak. Plagiat tekshiruvi o’tkaziladi va plagiat aniqlangan insholar chiqarib tashlanadi.
  • Insho bir kishi tomonidan yozilgan bo’lishi lozim. Ikki va undan ortiq muallif tomonidan birgalikda yozilgan insholar qabul qilinmaydi.
  • Insholar muallif tomonidan shaxsan topshirilishi yoki o’qituvchi o’z guruhi o’quvchilarining insholarini yig’ib olib, ularni birga topshirishi mumkin. O’qituvchi insholarni yig’ib olib topshirganda ro’yxatdan o’tishda «School/organization» sifatida hisob (akkaunt) yaratishi kerak.
  • Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan insholar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Tashkilotchilar insholarni qabul qilganligi haqida mualliflarni xabardor qila olmaydi. Mualliflar natijani faqat e’lon qilingandan keyin bilishlari mumkin.
  • Tanlov tashkilotchilari topshirilgan insholarni oʻz nashrlarida chop etish huquqiga ega.

Dasturga qabul jarayoni:

Insholarni topshirishning oxirgi vaqti – 2024-yil 15-iyun (qaysi davlatda boʻlsangiz, oʻsha davlat vaqti bilan 23:59 gacha). Insho topshirish uchun dastlab BU YERDA hisob (akkaunt) yarating, so’ng inshoni DOC/DOCX yoki PDF formatda topshiring.

G’oliblar 2024-yil 31-oktabrda e’lon qilinadi. Diplom va sovgʻalar 2025-yil yanvar oyida pochta orqali g’oliblarga yuboriladi.

MUHIM: Ishtirok etishga kirishishdan oldin Goi Peace Foundation rasmiy sayti va savol-javoblar bo’limiga o’qib chiqing. Barcha ma’lumotlarni o’qib chiqqach ham savolingiz bo’lsa, BU YERDA tashkilotchilarga savollar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.

Bundan oldingi yillardagi ushbu tanlov gʻoliblari insholari bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!