×

Goizueta Scholars Award: AQShda biznes kurslari uchun 100% gacha grant – SAT yoki ACT talab etilmaydi!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1690 marta

AQShning Georgia shtatida joylashgan Emory University oliygohi tomonidan beriladigan  Goizueta Scholars Award grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi Emory universitetida o’qitiladigan biznesni boshqarish bakalavr (BBA) kurslariga qabul qilingan eng a’lochi va amaliyotda tadbirkorlik qobiliyatini ko’rsatib bera olgan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Goizueta Scholars Award grantini yutib olgan talabaning 4 yillik kontrakt to’lovining yarmi yoki hammasi qoplab beriladi. Bu grantni yutib olgan talaba biznes kurslariga kafolatli qabul qilinib, fanlarga ro’yxatdan o’tishda birinchi bo’lib ro’yxatga kiritiladi. O’qishning birinchi va ikkinchi yili maxsus biznes kurslarida ishtirok etishadi. Ular biznes olamidagi eng yetakchi shaxslar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollej, litsey) tamomlagan bo’lishi, baholari juda yuqori bo’lishi kerak. Goizueta Scholars granti biznes kurslari talabalari uchun mo’ljallangan, shuning uchun bu grant biznes yo’nalishi uchun eng yuqori salohiyatga ega deb topilgan talabalarga ajratiladi. Nomzod o’zining biznesga qobiliyatini yuqori baholardan tashqari turli biznes mashg’ulotlar, klublar, konferensiya va musobaqalarda ishtirok etganligi, biznes loyihalari tashkil etganligi va shu kabi amaliy yutuqlar orqali ko’rsatib berishi zarur.
  • BBA kurslariga qabul qilinish uchun nomzod avvaliga Emory universiteti Emory College yoki Oxford College kurslariga o’qishga kirib, kamida 53 kredit (credit hours) miqdoriga teng kurslarni tamomlashi kerak. Shu kurslar tamomlangach, BBA kurslariga alohida ariza topshiriladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun IELTS 7.5 ball, TOEFL IBT 100 atrofidagi natijalar talab etiladi. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
  • Emory universiteti kurslariga 2020-21 o’quv yili uchun qabulga SAT yoki ACT testlari talab etilmaydi, ularni  topshirish butunlay ixtiyoriy.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun:

  1. Emory College yoki Oxford College’ning BBA tayyorlov kurslarida o’qib, kerakli kreditlarni to’plash uchun avvaliga umumiy ariza topshirish kerak. Bu kurslarga hujjatlar bu yerda 2020-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirishda qabulning Early Decision I, Early Decision II,yoki Regular Decision shakllaridan birini tanlash kerak. Early Decision I shaklida hujjatlarni 1-noyabrgacha topshirish kerak bo’ladi.
  2. Kerakli kreditlar to’plangach, Emory universitetining BBA kursiga hujjat topshirish kerak. 2021-yil bahordagi BBA kursiga hujjatlar 2020-yil 25-sentyabrgacha qabul qilinadi. Hali BBA tayyorlov kursida o’qimagan nomzodlar avvaliga tayyorlov kursida o’qishlari kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil

Kursga hujjat topshirayotganda arizaning “Do you wish to be considered for merit scholarships?” qismiga “yes” belgisini qo’ysangiz, grantga ham ariza topshirgan bo’lasiz.

Qo’shimcha ma’lumot uchun admission@emory.edu elektron manziliga yoki 4047276036

raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!