×

Gollandiya: Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun 3 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1889 marta

Gollandiyaning Tilburg shahrida joylashgan Fontys ACI (Academy for Creative Industries)  nomzodlardan ACI Creative Mind Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant bir yilga beriladi. Grant olish uchun nomzod Fontys ACIning Arts and Humanities, Business administration and management kabi bakalavriat yoki magistratura kurslarida o`qishi kerak. Nomzod kreativ fikrlash va yangi g`oyalarni taqdim eta olishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Fontys ACI bakalavr va magistratura kurslarida o`qish uchun 7,680 dan 9,830 yevrogacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 3 nafar nomzodga 3 000 yevro stipendiya beriladi. Grant yilda bir marta toʻlanadi. Birinchi yilni a’lo baholar bilan tamomlagan talaba kelgusi yilga yana ariza bera oladi.

Grant nomzodning kontraktini qisman qoplaydi. Shuning uchun talaba oʻqish, yashash, tibbiy sugʻurta va boshqa sarflarni oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Ro`yxatda ko`rsatilgan Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan va Gollandiyalik bo`lmagan nomzodlar ariza bera oladi (O`zbekiston ro`yxatda bor).
  • Nomzod Fontys ACIning bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod avval Gollandiyada oʻqimagan va Gollandiya universiteti diplomini olmagan boʻlishi lozim.
  • Nomzod kreativ fikrlash va diqqatni jamlay olish qobiliyatini namoyish eta olishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun avval ACIga tanlagan kursga oʻqishga kirishingiz kerak. Oʻqishga kirish talablari va ariza shakli ACIning barcha kurs va bosqichlari uchun turlicha. Buni https://fontys.edu/Bachelors-masters/How-to-apply.htm sahifasi orqali aniqlang. Grantga esa o`qishga bergan arizangizning o`zi yetarli. Arizani soralgan hujjatlar bilan birga dedlaynga qadar aciinternational@fontys.nl manziliga jo`natish kerak.

Hujjatlar 2019-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi (umumiy):

  • Attestat/diplom va diplom ilova nusxasi.
  • Ayrim sohalar uchun SAT/ACT/GRE/GMAT va boshqa sertifikatlar talab qilinishi mumkin. Buni tanlagan kurs sahifasidan aniqlang.
  • Til sertifikati. Qaysi tilda oʻqitiladigan kursni tanlaganingizga qarab golland tili yoki ingliz tili sertifikati soʻraladi. Ingliz tili kamida IELTS 6.0-6.5 yoki ekvivalent sertifikati toshirish kerak. Maʼlumotlarga tanlagan kurs sahifasidan oydinlik kiriting.
  • Motivatsion xat.
  • CV/resume.
  • Kreativlikni tasdiqlaydigan biror ijodiy ish.

Barcha hujjatlar tarkibini tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang va universitet belgilagan dedlayn muddatigacha topshiring.

Nomzodlarni saralash:

Nomzodlar kreativ fikrlashi, aʼlo baholari va yutuqlari, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: aciinternational@fontys.nl .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!