×

Gollandiya: bakalavriat uchun yiliga 15 300 yevrogacha stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

05.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2178 marta

Niderlandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan Amsterdam University College (AUC) oliygohi o’zining bakalavr bosqichidagi talabalariga ASF Scholarships grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2019-yil sentabrda boshlanadigan bakalavr kurslarining barcha yo’nalishlari bo’yicha o’qishga qabul qilingan mahalliy va chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida talabalarga quyidagi stipendiyalar ajratiladi:

  • Mahalliy va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan bo’lgan talabalarga bakalavr bosqichining uch yili davomida yiliga 5 100 yevro miqdoridagi grant
  • Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan mamlakat (ro’yxatda O’zbekiston ham bor) talabalariga bakalavr bosqichining uch yili davomida yiliga 15 300 yevro miqdoridagi grant (bu mablag’ odatda bakalavr kurslari to’loviga hamda talabani turar joy bilan ta’minlashga yetarli bo’ladi)
  • Dastur doirasida talabalarga qisman grantlar ham berilishi mumkin. Bu mukofot odatda yuqoridagi mablag’ning 50 foizini tashkil qiladi. (Masalan, Osiyolik talabalar uchun 7 850 yevro miqdorida)

Ajratilgan mablag’ stipendiantlarga 10 oyga taqsimlanib beriladi. Shu sababli stipendiant mablag’ni o’qish to’lovi yoki boshqa xarajatlari uchun o’zi sarflaydi. Grant hay’ati talabaning kontrakt to’lovini to’lab berishni zimmasiga olmaydi.

Quyidagi talablar bajarilganida grant keyingi yillarga ham uzaytirilishi mumkin:

  • Talabaning GPA ko’rsatkichi 3.5 va undan baland bo’lsa
  • O’quv yili oxirida universitetda talabaga boshchilik qiladigan o’qituvchi hamda nazoratchilar u haqida ijobiy tavsiyanoma bersalar
  • Talabaning moliyaviy ahvoli (financial need) o’zgarmasa

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Dastur barcha mamlakat fuqarolari uchun ochiq (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod AUC bakalavr kurslaridan biriga ariza topshirgan bo’lishi kerak. Dastur bo’yicha grantlar faqat AUC oliygohi talabalariga beriladi
  3. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak. Grant hay’ati stipendiya tayinlashda nomzodning yuqori maktabda olgan baholarini (secondary school GPA) hisobga oladi.
  4. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  5. Nomzod AUC oliygohida o’qish uchun kuchli istak bildirishi lozim. Buni nomzod o’zining motivatsion xatida ifodalashi kerak.
  6. Nomzod o’zining motivatsion xatida darsdan tashqari jamoatchilik ishlari/sport musobaqalaridagi ishtiroki hamda erishgan yutuqlari haqida ham yozishi kerak.
  7. Nomzod stipendiya hay’atiga o’zining moddiy yordamga muhtojligini ko’rsatib bera olishi kerak. Grantlar iqtidorli ammo, moddiy yordam ko’rsatilmasa universitetda o’qish pulini to’lashga qiynaluvchi nomzodlargagina beriladi (yillik daromadi ma’lum summadan oshiq oila farzandlari uchun grant berilmaydi. Batafsil).
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  9. G’oliblar akademik salohiyati va moliyaviy imkoniyatiga (financial need) qarab saralab olinadilar.
  10. Dastur stipendianti AFS Scholarship bilan bir vaqtda boshqa to’liq grant beruvchi dasturda qatnasha olmaydi.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Amsterdam University College bakalavr kurslari hamda ASF Scholarship dasturiga hujjatlar alohida-lohida topshiriladi. Stipendiya dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod universitetning bakalavr kurslaridan biriga hujjatlarini topshirib bo’lgan bo’lishi/ hujjat topshirishi zarur (hozir ham 2019-yil sentabrda o’qishni boshlash uchun hujjatlar qabul qilinyapti). Grant dasturiga hujjatlar 2019-yilning 1-apreliga qadar topshirilishi kerak. Natijalar shu yilning may oyi boshlarida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’lishi mumkin).
  2. Moliyaviy ko’makka muhtijlik haqidagi hujjat.
  3. Mativatsion xat. Motivatsion xat quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
  • Tarjimai hol
  • Erishilgan akademik yutuqlar
  • Darsdan tashqari mashg’ulot/faoliyat, ularda erishilgan yutuqlar hamda qo’lga kiritilgan mukofotlar
  • Nomzodning liderlik qobiliyati va potensiali
  • Nomzod nimaga aynan shu oliygohda o’qishni xohlashi va uning moliyaviy ko’makka muhtojligini ifodalovchi dalil. Batafsil

Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Nomzodning yaqin kunlarda olingan, passport kattaligidagi rasmi.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Yuqori maktab attestati yoki o’rta mahsus ma’lumot haqidagi diplom nusxasi.
  6. Baholardan ko’chirma (baholar o’rtacha 5.0 ballik tizimda 3.0 dan past bo’lmasligi kerak) yoki diplom ilovasi nusxasi.
  7. IELTS 7.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 7.0 ball yoki TOEFL iBT 100 ball.
  8. Matematika fanidan imtihon sertifikati (SAT, GGCSE yoki shunga oxshash. Bu sertifikatlar nomzod tanlagan yo’nalishga qarab turlicha bo’lishi mumkin).

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlarning asl nusxasi hamda notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak.

Bakalavriatga hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati (application checklist) bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

T: +31 (0)20 525 8780

E: http://uva-ac.topdesk.net/xfg/auccontact

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!