×

Gollandiya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 5 000 yevro grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1806 marta

Gollandiya Taʼlim, madaniyat va fan vazirligi Gollandiyada bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni istagan nomzodlardan Holland Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant faqat bir marta beriladi. Grant olish uchun nomzod Gollandiyaning ilmiy tekshirish universitetlari va amaliy fanlar universitetlari talabalari uchun moʻljallangan.

Nomzod mamlakatdagi ilmiy tekshirish universitetlaridan birining bakalavr yoki magistratura kursiga oʻqishga kirishi kerak.

Grantga ariza topshirmoqchi boʻlgan nomzod amaliy fanlar universitetlaridan birining talabasi ham boʻlishi mumkin:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Gollandiya universitetlarida oʻqish uchun bakalavr kurslariga taxminan 6 000 dan 15 000 yevrogacha, magistraturaga esa taxminan 8 000 dan 20 000 yevrogacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodga 5 000 yevro stipendiya beriladi. Grant faqat bir marta, oʻqishga kirganda toʻlanadi. Grant nomzodning hamma xarajatlari va kontraktini toʻliq qoplamaydi. Shuning uchun talaba oʻqish, yashash, tibbiy sugʻurta va boshqa sarflarni oʻzi toʻlashi kerak. Chet ellik talaba uchun Gollandiyada yashash bir oyga taxminan 900-1100 yevroni tashkil etadi. Grantga oʻqishga ariza berishdan oldin bular haqida batafsil oʻylab koʻring. Manba: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod roʻyxatda koʻrsatilgan ilmiy tekshirish universiteti yoki amaliy fanlar universitetlaridan birining bakalavriat yoki magistratura kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻzi oʻqishga hujjat topshirgan universitetning talablariga mos boʻlishi kerak. Bu talablar bilan tanlagan universitetning rasmiy saytida toʻliq maʼlumot berilgan.
  • Nomzod avval Gollandiyada oʻqimagan va Gollandiya universiteti diplomini olmagan boʻlishi kerak.

Toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun avval ilmiy tekshirish universiteti yoki amaliy fanlar universitetlaridan biriga oʻqishga kirishingiz va tanlagan universitetingiz orqali grantga ariza berishingiz kerak. Oʻqishga kirish talablari va grantga ariza berish haqida shu universitetning rasmiy saytidan maʼlumot olasiz. Agar sizga grant berilsa, bu haqida universitet rahbariyati sizga xabar beradi. Yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatda grantda qatnashadigan universitetlarning toʻliq roʻyxati berilgan. Kerakli hujjatlar roʻyxatini ham tanlagan universitetdan aniqlaysiz.

Universitetlarga hujjat topshirish haqida: shu yerda toʻliq ma’lumot berilgan.

Ayrim universitetlar uchun dedlayn 2020-yil 1-fevralgacha, ayrimlari uchun esa 2020-yil 1-maygacha. Aniq dedlayn sanasini tanlagan universitetingizdan aniqlang.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Attestat/diplom va diplom ilova nusxasi.
  • Ayrim sohalar uchun SAT/ACT/GRE/GMAT va boshqa sertifikatlar talab qilinishi mumkin. Buni tanlagan universitetingizdan aniqlang.
  • Til sertifikati. Qaysi tilda oʻqitiladigan kursni tanlaganingizga qarab golland tili yoki ingliz tili sertifikati soʻraladi. Ingliz tili IELTS 6.0-6.5 yoki ekvivalent sertifikati toshirish kerak. Maʼlumotlarga tanlagan universitetingizdan oydinlik kiriting.
  • Talabga qarab esse talab qilinishi mumkin.
  • Ayrim universitetlar motivatsion xat soʻraydi.
  • Tavsiyanoma.
  • Viza.
  • Magistratura dasturlari uchun “research proposal” yoki “research topic” topshirilishi mumkin.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.

Barcha hujjatlar tarkibini tanlagan universitetingizdan aniqlang va universitet belgilagan dedlayn muddatigacha topshiring.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari, universitet talablariga mosligi va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar tanlagan universitetingiz rahbariyati tomonidan eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!