×

Gollandiya: Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqish uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1363 marta

Gollandiyaning Tilburg shahrida joylashgan Fontys ACI (Academy for Creative Industries) nomzodlardan 2020-yilgi ACI Creative Mind Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant bir yilga beriladi. Grant olish uchun nomzod Fontys ACIning Arts and Humanities, Business administration and management kabi bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqishi kerak. Nomzod kreativ fikrlash va yangi gʻoyalarni taqdim eta olishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Fontys ACI bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun 7 680 dan 9 830 yevrogacha kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 3 000 yevro stipendiya beriladi. Grant yilda bir marta toʻlanadi. Birinchi yilni a’lo baholar bilan tamomlagan talaba kelgusi yilga yana ariza bera oladi.

Grant nomzodning kontraktini qisman qoplaydi. Shuning uchun talaba oʻqish, yashash, tibbiy sugʻurta va boshqa sarflarni oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Roʻyxatda koʻrsatilgan Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan va Gollandiyadan tashqari davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
  • Nomzod Fontys ACIning bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod avval Gollandiyada oʻqimagan va Gollandiya universiteti diplomini olmagan boʻlishi lozim.
  • Nomzod kreativ fikrlash va diqqatni jamlay olish qobiliyatini namoyish eta olishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun avval ACIga tanlagan kursga oʻqishga kirishingiz kerak. Oʻqishga kirish talablari va ariza shakli ACIning barcha kurs va bosqichlari uchun turlicha. Buni shu yer orqali aniqlang. Grantga esa oʻqishga bergan arizangizning oʻzi yetarli. Arizani soralgan hujjatlar bilan birga dedlaynga qadar aciinternational@fontys.nl manziliga joʻnatish kerak.

Hujjatlar 2020-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi (umumiy):

  • Attestat/diplom va diplom ilova nusxasi.
  • Ayrim sohalar uchun SAT/ACT/GRE/GMAT va boshqa sertifikatlar talab qilinishi mumkin. Buni tanlagan kurs sahifasidan aniqlang.
  • Til sertifikati. Qaysi tilda oʻqitiladigan kursni tanlaganingizga qarab golland tili yoki ingliz tili sertifikati soʻraladi. Ingliz tili kamida IELTS 6.0-6.5 yoki ekvivalent sertifikati toshirish kerak. Maʼlumotlarga tanlagan kurs sahifasidan oydinlik kiriting.
  • Motivatsion xat.
  • CV/resume.
  • Kreativlikni tasdiqlaydigan biror ijodiy ish.

Barcha hujjatlar tarkibini tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang va universitet belgilagan dedlayn muddatigacha topshiring.

Nomzodlar kreativ fikrlashi, aʼlo baholari va yutuqlari, tanlagan sohasi boʻyicha bilimlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: aciinternational@fontys.nl 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!