×

Gollandiya: Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqish uchun qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

2545 marta

Gollandiyada joylashgan Rotterdam School of Management, Erasmus University (RSM) 2021-22-oquv yili uchun Erasmus University Holland Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar bakalavriat va magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarolari uchun tashkil qilingan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat bosqichida oʻqish haqi tahminan 9 300 yevro, magistratura uchun esa 18 200 yevroni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 yevro chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod xorijiy talaba boʻlishi lozim.
  • Nomzod 2021-yilning 1-fevraliga qadar RSMning bakalavriat yoki magistrlik dasturlaridan biriga kerakli boʻlgan barcha hujjatlarni topshirib boʻlishi kerak.
  • Nomzodning baholari 100 foizlik tizimda kamida 80 foiz (Dutch grading 10 ballik tizimda kamida 8 ball) boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻzi tanlagan bakalavriat yoki magistrlik darajasi uchun belgilangan shartlar va til talablariga mos boʻlishi kerak. Bakalavr uchun kamida 6,0, magistrlik dasturlari uchun IELTS kamida 6,5 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzodning viza olishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmasligi kerak va oʻqishga qabul qilingan talaba 2021-yil 1-iyungacha viza masalasini ijobiy hal etishi lozim.
  • Boshqa tashkilot tomonidan toʻliq grant yutib olmagan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 2021-yil 1-fevralgacha amalga oshirilishi lozim.

  • Grantga hujjat topshirishdan oldin bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirish kerak.
  • Buning uchun shu yerda 2021-yil 1-fevralga qadar roʻyxatdan oʻtish kerak. MSc International Management/CEMS kurslariga grant uchun hujjatlar 2021-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.
  • Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetdagi kurslarga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda Holland Scholarship grantiga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.
  • Nomzod tomonidan hujjat topshirgan magistratura boʻlimi eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzodlar hujjatlarini grant komissiyasiga topshiradi.
  • Nomzodlar orasidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlganlariga grant komissiyasi tomonidan nomzodning iqtidori va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan savollardan iborat onlayn forma yuboriladi.
  • Onlayn forma toʻldirilgach, kimlarga grant berilishi masalasi hal qilinadi.

Natijalar 2021-yilning 15-aprelida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!