×

Gollandiya: Barcha xarajatlari qoplanadigan bir yillik volontyorlik dasturi


Grant

MUHLAT

01.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

6088 marta

Anne Frank-o’smirlik yillari ikkinchi jahon urushiga tog’ri kelgan va 15 yoshida fashistlar koloniyalaridan birida vafot etgan golland qahramonlaridan biri. U 1942-1944-yillarda Amsterdamdagi binolardan birida oila a’zolari bilan yashiringan. Uning shu davr ichida Gollandiyadagi qirg’inni tasvirlab yozgan kundaliklari urushdan keyin topilib, 70dan ortiq tillarga tarjima qilingan va chop etilgan. Anne Frank yashiringan bino hozirda uy muzeyiga aylantirilgan bo’lib, Gollandiyadagi eng ko’p tashrif buyuriladigan muzeylardan biri hisoblanadi.

Ijodkor hayotiga qiziquvchi yoshlar uchun 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bir yil davomida shu uy muzeyida Anne Frank xotirasiga bag’ishlangan ko’rgazmalarda ko’ngilli sifatida qatnashish imkoniyati mavjud. Bu muddat ichida ko’ngillilar Amsterdam shahrida, Anne Frank uy muzeyida ma’ruzalar o’tkazish, ko’rgazmalar tashkil qilish va turli boshqa mashg’ulotlarga yordam berish bilan shug’ullanadilar va ofisdan tahminan 4 kilometr masofada joylashgan yotoqxonada yashaydilar (har bir xonada oshxona va vanna mavjud).

Grant kimlar uchun?

Barcha ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar volontyorning parvoz va viza xarajatlarini qoplab beradi. Shuningdek qatnashchilar oylik stipendiyalar bilan ham ta’minlanadilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzodda tashkilotchilik qobiliyati mavjud bo’lishi kerak;
  2. Norasmiy o’quv mashg’ulotlari olib borishga qiziqishi bo’lishi kerak;
  3. Muzey faoliyati, ko’rgazma maqsadi va tashrif buyuruvchilarning istaklarini yaxshi tushunishi lozim;
  4. Golland tilini o’rganishga tayyor bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod sifatida CV va motivatsion xatingizni (ingliz tilida) dastur tashkilotchisi Levien Rouw’ga, evs@annefrank.nl elektron manziliga yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!