×

Gollandiya: Biznes bakalavriat kursida oʻqish uchun qisman grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1100 marta

Gollandiyada joylashgan Rotterdam School of Management, Erasmus University (RSM) 2020-21-oquv yili uchun IBA Dean’s Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning BSc International Business Administration (IBA) bakalavriat kursiga oʻqishga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarolari uchun tashkil qilingan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat bosqichida oʻqish haqi chet ellik talaba uchun 9 300 yevroni tashkil etadi. YeI davlatlari fuqarolari esa 2 143 yevro kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktning chet ellik talaba va mahalliy talaba to`laydigan farqi to`lab beriladi. Bu summa 7 150 yevro miqdorni tashkil qiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod xorijiy talaba boʻlishi lozim.
  • Nomzod 2020-yilning 1-fevraliga qadar RSMning IBA bakalavriat dasturiga kerakli boʻlgan barcha hujjatlarni topshirib boʻlishi kerak.
  • Nomzodning baholari 100 foizlik tizimda kamida 80 foiz (Dutch grading 10 ballik tizimda kamida 8 ball) boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻzi tanlagan bakalavriat darajasi uchun belgilangan shartlar va til talablariga mos boʻlishi kerak. Bakalavr uchun IELTS kamida 6,0 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzodning viza olishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmasligi lozim.
  • Boshqa tashkilot tomonidan toʻliq grant yutib olgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 2020-yil 1-fevralgacha amalga ohirilishi lozim.

  • Grantga hujjat topshirishdan oldin IBA bakalavriat kursiga hujjat topshirish kerak.
  • Buning uchun shu yerda 2020-yil 1-fevralga qadar roʻyhatdan oʻtish kerak. Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetdagi kurslarga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda Holland Scholarship grantiga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.
  • Nomzod tomonidan hujjat topshirgan magistratura boʻlimi eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzodlar hujjatlarini grant komissiyasiga topshiradi.
  • Nomzodlar orasidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlganlariga grant komissiyasi tomonidan nomzodning iqtidori va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan savollardan iborat onlayn forma yuboriladi.
  • Onlayn forma toʻldirilgach, kimlarga grant berilishi masalasi hal qilinadi.

Natijalar 2020-yilning 15-aprelida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!