×

Gollandiya: iqtisodiyot va biznes sohalarida bakalavr kurslari uchun 18 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1544 marta

Gollandiyada joylashgan Amsterdam Universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti tomonidan taqdim etiladigan Amsterdam Merit Scholarship (AMS) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitetda o’qitiladigan 3 yillik bakalavr kursi uchun taqdim etiladi. Amsterdam universitetining Business and Economics fakulteti va unda mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Iqtisodiyot bo’yicha bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 3 yillik bakalavr kursi uchun jami 18 000 yevro grant beriladi. Grant 3 yilga 6 000 yevro miqdoridan bo’lib beriladi. Kontrakt to’lovlari qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktabni, litsey yoki kollejni tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod Gollandiyaning boshqa grant dasturida ishtirok etmasligi, va boshqa manbadan o’qish to’lovini butunlay qoplovchi miqdordagi grant olmasligi kerak.
  • Nomzod Faculty of Business and Economics tarkibidagi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak. Bunda ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi test natijalari ham topshiriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Business Administration kursiga hujjatlar 2021-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Fakultet tarkibidagi boshqa bakalavr kurslariga arizalar 1-aprelgacha qabul qilinadi. Fakultet tarkibidagi har bir kursga qabul uchun alohida talablar mavjud. Hujjat topshirish oldidan kerakli bakalavr kursi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Grantga ariza berish uchun kursga ariza to’ldirish va shu arizaning tegishli qismiga AMS granti uchun motivatsion xat biriktirishi zarur. Arizalar bu yerda to’ldiriladi.

Ma’lumot uchun +31 (0)20 525 5387 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!