×

Gollandiya: Magistratura bosqichlarida oʻqish uchun 5 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

1120 marta

Gollandiyaning Amsterdam shahrida joydashgan Vrije Universiteit Amsterdam 2020-yilgi Holland Scholarship Programme (HSP) dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu grant yuqori bilimli, intiluvchan va salohiyatli hamda universitet magistraturasida oʻqish istagida boʻlgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant birikki yilgacha beriladi

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Vrije Universiteit Amsterdam magistratura bosqichining bir yillik kontrakt to‘lovi taxminan 15 500-21 800 yevro.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 yevro chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Yevropa Ittifoqi va YeIHga kirmaydigan barcha davlatlardan vakillar ariza topshira oladi.
  • Nomzod xorijiy talaba boʻlishi lozim.
  • Nomzodning bakalavrlik davrida olgan baholari 100 foizlik tizimda kamida 80 foiz boʻlishi lozim.
  • Nomzod oʻzi tanlagan magistrlik darajasi uchun belgilangan shartlar va til talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetning 2020-yil sentyabrda boshlanadigan, taʼlim ingliz tilida olib boriladigan kursiga ariza topshirgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod magistratura bosqichini avval oʻqimagan boʻlishi kerak.
  • Nomzodning viza olishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmasligi kerak.

Boshqa tashkilot tomonidan toʻliq grant yutib olmagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 2020-yil 1-fevralgacha amalga ohirilishi maqsadga muvofiq.

  • Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetdagi magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda Holland Scholarship grantiga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi.
  • Nomzod tomonidan hujjat topshirgan magistratura boʻlimi eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzodlar hujjatlarini grant komissiyasiga topshiradi.
  • Nomzodlar orasidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlganlariga grant komissiyasi tomonidan nomzodning iqtidori va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan savollardan iborat onlayn forma yuboriladi.
  • Onlayn forma toʻldirilgach, kimlarga grant berilishi masalasi hal qilinadi.

Natijalar 2020-yilning 1-aprelida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: hsp@vu.nl manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!