Gollandiyada joylashgan The Eindhoven University of Technology magistraturada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalardan 2020-yilgi Amandus H. Lundqvist Scholarship Program (ALSP) dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. Nomzod universitetda mavjud boʻlgan barcha magistratura kurslarida tahsil olish ni istagan talabalar uchun moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar beriladi:
- Nomzod 16 000 yevro hajmdagi kontrakt pulini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.
- Magistraturada bosqichida oʻqish davrida Niderlandiyada hayot kechirishi uchun 10 000 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi. Magistratura 2 yil davom etadi va talabaga yiliga 5 000 yevrodan beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan vakillar ariza topshira oladi.
- Nomzod xorijiy talaba boʻlishi lozim.
- Nomzod 2020-yilning 1-fevraliga qadar magistrlik dasturlaridan biriga kerakli boʻlgan barcha hujjatlarni topshirib boʻlishi kerak.
- Nomzodning bakalavrlik davrida olgan baholari 100 foizlik tizimda kamida 80 foiz boʻlishi va nomzod dunyo reytinggida nisbatan yaxshi reytingga ega boʻlgan universitetda bakalavrlik bosqichida oʻqigan boʻlishi lozim.
- Nomzod oʻzi tanlagan magistrlik darajasi uchun belgilangan shartlar va til talablariga mos boʻlishi kerak. Aksariyat magistrlik dasturlari uchun ingliz tilini bilish darajasiga qoʻyilgan talablar quyidagicha: IELTS – minimum 6.5 va hech qaysi boʻli 6 dan past boʻlmasligi kerak; TOEFL internet-based test – minimum 90 va hech qaysi boʻlim 21 dan past boʻlmasligi kerak.
- Nomzodning viza olishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmasligi kerak.
- Boshqa tashkilot tomonidan toʻliq grant yutib olmagan boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish 2020-yil 1-yanvargacha amalga ohirilishi maqsadga muvofiq. Eng kechi bilan dedlayn 1-fevral..
Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetdagi magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda ushbu grantga ham nomzod sifatida koʻrib chiqiladi. Nomzod tomonidan hujjat topshirgan magistratura kafedrasi eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzodlar hujjatlarini grant komissiyasiga topshiradi. Nomzodlar orasidan eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlganlariga grant komissiyasi tomonidan nomzodning iqtidori va qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan savollardan iborat onlayn forma yuboriladi. Onlayn forma toʻldirilgach, kimlarga grant berilishi masalasi hal qilinadi.
Natijalar 2020-yilning may oyida e’lon qilinadi. Ushbu grantni ikkinchi yil ham berilishi grant yutgan talabaning oʻqishi natijalariga bogʻliq. Birinchi yil yaxshi oʻqimagan va yaxshi oʻzlashtira olmagan talabalar granti ikkinchi yil uchun bekor qilinishi mumkin.
Bogʻlanish uchun: info@tue.nl manziliga murojaat qiling.