×

Gollandiya: Magistratura kursida oʻqish uchun qisman grant; stipendiya – 11 000 yevro!


Grant

MUHLAT

01.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1574 marta

Niderlandiyada joshlashgan Leiden University va Leiden Observatory 2020-yilda boshlanadigan magistratura kurslari uchun ajratilgan Walraven scholarship nomzodlardan arizalar qabul qilmoqda. Grantlar shu universitetdagi Astronomy and Instrumentation (astronomiya va jixozlar) sohasi bo‘yicha magistratura kurslarida o‘qishni istagan iqtidorli talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Leiden Universitetida magistratura uchun kontrakt chet elliklar chun 18 300 yevro, mahalliy aholi uchun esa 2 083 yevro. Kontraktlar summalari bilan batafsil tanishish uchun shu yerga tashrif buyuring.

Grantni yutib olgan talabaga uning oʻqishi tugagunga qadar quyidagi hajmda grant ajratiladi:

  • Grant miqdori mahalliy talaba to‘laydigan 2 083 yevroni qoplaydi.
  • Talabaga yillik 11 000 yevro stipendiya

Bu grant qisman grant va nomzod qolgan xarajatlarni o‘zi to‘lashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Gollandiyadan boshqa barcha davlatlardan vakillar ariza topshira oladi.
  • Nomzod Leiden Universiteti astronomiya va jixozlar magistratura kursiga o‘qishga kirishi kerak.
  • Nomzod Leiden Universiteti yoki boshqa manbadan boshqa toʻliq grant olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Magistraturaning siz tanlagan kursining talablarini bilish uchun shu kurs bilan tanishib chiqing.
  • Nomzod a’lochi bo‘lishi kerak.
  • Nomzod astronomiya yoki fizika bo‘yicha bakalavr darajasi egasi bo‘lishi lozim.
  • Nomzod tanlagan magistrlik dasturidagi til talablariga mos boʻlishi kerak. Talab yoʻnalishlarga qarab farq qiladi (IELTS 6.5; IELTS 7).

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish 2020-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun oxirgi muddat 2020-yil 1-fevral.

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Onlayn tarzda ariza toʻldiring, ariza toʻlovi (agar bor boʻlsa) toʻlang. Eslatma: har bir magistratura kursining oʻz talablari va hujjat topshirish koʻrsatmalari mavjud. Kurslar soni kattaligi uchun har biriga toʻxtalmadik. Sizni qiziqtirgan kursga kirib, talablari va hujjat topshirish jarayoni bilan tanishib chiqishingiz zarur.
  2. Grant uchun ariza yozing. Unda akademik yutuqlaringizni va moliyaviy ko‘makka muhtoj ekanligingizni yoritib bering.
  3. O‘zingiz haqingizda to‘liq ma’lumot va kontaktlaringizni ko‘rsating va arizangizni masters@strw.leidenuniv.nl manziliga jo‘nating.

Hujjat topshirish va qabul masalalarida berilgan savollarga javoblar shu yerda.

Natijalar arizalarga qabul yopilgandan bir oy oʻtib e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: masters@strw.leidenuniv.nl manziliga murojaat qiling

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!