Gollandiyada joylashgan Twente Universiteti tomonidan taqdim etiladigan University Twente Scholarhshps (UTS) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet magistratura kurslariga qabul qilingan eng iqtidorli talabalarga ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. 2019-2020 o’quv yili uchun quyidagi magistratura kurslariga grant yutish mumkin:
- Applied Mathematics
- Applied Physics
- Biomedical Engineering
- Business Administration
- Business Information Technology
- Chemical Engineering
- Civil Engineering and Management
- Communication Studies
- Computer Science
- Construction Management and Engineering
- Educational Science and Technology
- Electrical Engineering
- Embedded Systems
- Environmental and Energy Management
- European Studies
- Health Sciences
- Human Media Interaction
- Industrial Design Engineering
- Industrial Engineering and Management
- Internet Science & Technology
- Mechanical Engineering
- Nanotechnology
- Philosophy of Science, Technology and Society
- Psychology
- Public Administration
- Sustainable Energy Technology
- Systems and Control
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
UTS grantini yutib olgan talabaga uning ko’rsatkichlari va reytingi asosida 3000 yevrodan 25000 yevrogacha grant beriladi. Talaba grant mablag’ini o’zi istagan xarajatlarga yo’naltirishi mumkin. 2 yillik magistratura kursiga o’qishga kirgan talaba a’lo baholarga o’qisa (kamida 70% natija ko’rsatsa va kerakli barcha fanlarni tamomlasa) va o’zini namunali tutsa, grant keyingi yil ham to’lanadi.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Twente universitetining ko’rsatilgan magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi va o’qishga kirgani haqida natijalar e’lon qilingan bo’lishi kerak (odatda magistraturaga hujjat topshirgandan so’ng 8 hafta ichida natijalar e’lon qilinadi).
- Nomzod IELTS’dan kamida 6.5 (speaking’dan olingan ball 6 dan past bo’lmasligi kerak) yoki TOEFL’dan (iBT) kamida 90 ball to’plagan bo’lishi kerak. Bu talab magistraturaga qabul uchun ham amal qiladi.
- Nomzod ilgari bu universitetda o’qimagan bo’lishi zarur.
- Nomzod a’lo baholarga, yutuq va yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lishi kerak.
Magistratura kurslariga qabul uchun umumiy talablar bu yerda berilgan. Undan tashqari, ko’rsatilgan kurslardan istalgani haqidagi sahifaga kirsangiz, “e-check” tugmasi orqali shu kurs qabul talablariga moslik darajangizni aniqlab olasiz.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjatlar 2019-yil 1-maygacha qabul qilinadi. O’qish sentabrda boshlanadi. Grant va magistratura kursiga alohida-alohida ariza beriladi. Avvaliga magistraturaga ariza berib, talabalikka tavsiya etilgach grantga ariza berishingiz mumkin. Magistratura kurslariga hujjatlar ham 1-maygacha qabul qilinadi. Kursga hujjat topshirish uchun tanlangan magistratura kursi sahifasiga kiring.